“Yoshlar ovozi” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Prezidentimizning 2020-yil 2-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriq hamda kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi asosida “Yoshlar ovozi” tanlovi tashkil etilgan edi.
Mazkur tanlov oʻtgan yili ilk marotaba oʻtkazilishiga qaramay, yoshlar orasida tez fursat ichida oʻz oʻrnini topdi. Bu yil ham tanlovni anʼanaga aylantirish maqsadida yangi ovozlar kashf etilmoqda. Ayni kunlarda Respublikamiz boʻylab “Boʻzatov iqtidorlarni kashf etadi!” shiori ostida tanlovning yangi mavsumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tanlov Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilmoqda.
Tanlovning tuman bosqichi 16-aprel kuni Amudaryo tumanida ham koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada oʻtkazildi. Tanlov ishtirokchilari 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifalarida baxshichilik, anʼanaviy ijro yaniy, maqom, katta ashula, suvoraxonlik, opera va estrada yoʻnalarida oʻz iisteʼdodini namoyon qildilar.
Tanlovni tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov ochib berdi hamda mahalla va sektor bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tuman bosqichigacha yetib kelgan barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklab, hududiy va Respublika bosqichlarida ham omad tiladi.
Hakamlar hayʼati tadbir davomida barcha ishtirokchilarning isteʼdod va qobiliyatlarini odilona baholab bordilar.
Ahamiyatli jihati, tanlovning holis va haqqoniy oʻtishini taʼminlash maqsadida har bir ishtirokchining chiqishlari toʻliq tasvirga olinib, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylab borildi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, 10-15 yosh toifasida baxshichilik yoʻnalishi boʻyicha Joʻrabek Saidabdullayev, Hursand Davlatboyev, 16-22 yosh toifasida Otabek Jumaboyev, Javohir Saidabdullayev, 23-30 yosh toifasida Ogʻabek Sadullayevlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Anʼanaviy ijro yoʻnalishi boʻyicha esa 10-15 yosh toifasida Kamron Xolboyev, Samir Yusupbayev, 16-22 yosh toifasida Suntalullo Xoʻjamuratov, Sevinch Bektursinova, 23-30 yosh toifasida Sardor Masharipov, Elbek Oʻrazbayevlar gʻoliblar safidan joy olishdi.
Shuningdek, opera yoʻnalishida 10-15 yosh toifasida Ravshanbek Kamalov, Navroʻz Haytimbetov, 16-22 yosh toifasida Izzat Abdukarimov, 23-30 yosh toifasida Sherxon Oʻtamuradovlarga teng keladigan raqib topilmadi. Estrada yoʻnalishi boʻyicha esa 10-15 yosh toifasida Sevinchoy Mavlonbergenova, Sohibjon Yoʻldashev, 16-22 yosh toifasida Dilshoda Bahramova, Alisher Xudoyberganov, 23-30 yosh toifasida Otabek Ahmadov, Shohida Qodirovalar tanlovning tuman bosqichi mutloq gʻoliblari boʻldilar.
Gʻoliblar Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan taqdirlandi hamda hududiy bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tanlovning Respublika bosqichida har bir yoʻnalish boʻyicha 1-oʻrin egasi 50 mln, 2- va 3-oʻrin sovrindorlari mos ravishda 30 hamda 20 mln soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritishadi. Bundan tashqari, Respublika bosqichining qolgan ishtirokchilari 10 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Tumanimizning xushovoz yoshlariga hududiy va Respublika bosqichlarida omad tilaymiz!
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶