24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:46
Jamiyat 👁 215

“HAR KUNING BAYRAM BOʻLSIN!”

“HAR KUNING BAYRAM BOʻLSIN!”

Navroʻz – xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini oʻzida yaqqol mujassam etgan milliy bayramimizdir. Shu boisdan ham sana har yili mamlakatimizda ulkan shodiyonalar bilan nishonlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 17-fevralda qabul qilgan “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorida ham joriy yilgi ushbu umumxalq bayramini “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada nishonlash belgilangan.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtibor yaqqol ifodasini topadigan, bugungidek tinch-osoyishta va dorilomon hayotni qadrlashga daʼvat etuvchi  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar allaqachon boshlanib ketdi.

Amudaryo tumanining Choykoʻl ovulida ham “Assalom, Navroʻzi olam!” deb nomlangan bayram sayli boʻlib oʻtdi.

Tadbirga ovul faollari, tabarruk nuroniylari va yoshlari, 42-sonli, 22-sonli va 59-sonli  umumiy taʼlim  maktablarining oʻqituvchilari, oʻquvchilari, 16-sonli maktabgacha  taʼlim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Bayram sayliga chorlovchi surnay navolari yangradi. Musiqa, bayramona bezatilgan sahnadagi koʻrinishlar kishi koʻnglicha  ajib bir xushnudlik bagʻishlaydi.

Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini mutasaddilari va mahalla faollari barchani Navroʻz ayyomi bilan qutlab, bahoriy taomlar, turli pishiriqlar qoʻyilgan bayram dasturxoniga taklif etdi. Hududdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari iqtidorli oʻquvchilarining qoʻl mehnati bilan yaratilgan turli liboslar oʻyinchoqlar namunalilari, varraklarni tomosha qilib, yurtimizda oʻtgan yillarda nishonlangan Navroʻz bayrami, yangilanayotgan Oʻzbekistonning bugungi kuniga doir suratlarini tomosha qilib, bir olam taassurotlar olgan katta-yu kichik  toʻkin dasturxondan joy oldilar.

Tadbirda dorboz oʻyini, masxarabozlar chiqishlari, milliy xalq  oʻyinlari – kurash, arqon tortish musobaqalarini ishtirokchilar miriqib tomosha qildilar.

Shuningdek, 42-sonli, 22-sonli, 59-sonli umumiy taʼlim maktablari iqtidorli oʻquvchilari, shuningdek, 16-sonli maktabgacha taʼlim  tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi Navroʻzi olamni, ona  Vatanimizni, tinchlik-osoyishtalikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, ifodali yod aytilgan sheʼrlar bayram sayli shukuhini yana ham oshirdi, yigʻilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Bayram dasturxoniga qoʻyilgan bugʻdoy maysasini koʻzlariga surib, sumalakdan totib, yurtimizning Navroʻzini olqishlagan nuroniylar “Yurtim ilohim har kuning bayram boʻlsin”, deya duo qildilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026