SUD MASʼULLARINING UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanidagi Davlat soliq inspektsiyasi binosida sud masʼullari bilan uçraşuv bölib ötdi.
2022-yil 11-mart kuni oçiq muloqot tarzida bölib ötgan uşbu uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi S.Davletmuradov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi J.Urazboyev, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği örinbosari O.Aşirboyev va tuman DSI xodimlari iştirok etdilar.
Tadbir davomida sud masʼullari qonunçilikdagi özgarişlar, hujjatlarning amaldagi ijrosi va şu kabi masalalar yuzasidan söz yuritdilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022-yillarga möljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosini taʼminlaş borasida batafsil töxtalib ötildi. Korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uçun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, uning oldini oliş çora-tadbirlari, korruptsiya holatlari böyiça sudlarda körib çiqilgan jinoyat işlari, ularga nisbatan qöllanilgan jazolar töğrisida ham batafsil maʼlumot berilib, bu kabi jinoyatlarga yöl qöymaslik borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uçraşuvda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldilar.
S.Davletmuradov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶