“Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda
Amudaryo tumanida faoliyat olib borayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi kalendar rejasi boʻyicha tuman maktablarida, korxona, tashkilotlarda, ovul fuqarolar yigʻinlarida yoshlar tarbiyasiga oid turli tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur loyiha asosida ish boshlanganidan beri tashkilot tomonidan oʻtgan yilning sentyabr oyidan buyon maktablarda 11 marotaba, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida 7 marotaba tadbirlar uchrashuvlar oʻtkazildi. Bu tadbirlarda shifokorlar, imomlar, maktablarning maʼnaviyat targʻibotchilari, faol yoshlar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, maktab oʻquvchilari orasidan iqtidorli ijodkor oʻquvchilarni izlab topish maqsadida 4 marotaba insholar tanlovi eʼlon qilindi va tanlov gʻoliblari aniqlanib, tashkilot tomonidan ragʻbatlantirildi. Tashkilot qoshida “Koʻngil mulki” loyihasi shakllantirilib yosh ijodkorlarni izlab topib, ularning ijodini keng ommaga yoyish koʻzda tutilib, ijobiy natijalar qoʻlga kiritilmoqda.
Navbatdagi “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish” mavzusidagi davra suhbati 6-sonli maktabda oʻtkazildi. Davra suhbatida shifokorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, faol yoshlar, maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini 6-sonli maktabning maʼnaviyat targʻibotchisi Shirin Tojiboyeva kirish soʻzi bilan ochdi va boshqarib bordi. U oʻz soʻzida maktabda sogʻlom turmush tarzini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining raisi Oʻrozali Reyimov grant loyihasining mazmun-mohiyati, ahamiyati loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida gapirib oʻtdi.
Hududdagi 4-sonli oilaviy poliklinikaning terapevt shifokori Gulnora Saidova yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish maqsadida giyohvandlik, ichkilikbozlikning yomon oqibatlari haqida keng turda tushuntirish berib oʻtdi.
Davra suhbatida maktabning 7 “B” sinf oʻquvchisi Hulkaroy Rajabova oʻzi yozgan ona haqidagi sheʼrini oʻqib berdi. 8-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Qurbonboyev qoʻshiq aytish, 4 A sinf oʻquvchisi Dilnura Allayarova sheʼr yozish iqtidorini namoyish qildi. 9-sinf oʻquvchisi Jasurbek Ismoilov duradgorlik kasbiga qiziqishini bildirib oʻzi yasagan mitti uy-roʻzgʻor buyumlarini barchaga tanishtirdi. 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Saʼdullayev rassomlik sanʼatiga qiziqib suratlar chizayotganligini bildirdi. Rassomlik yoʻnalishidagi ishlari bilan barchani tanishtirdi. Mamlakatimiz prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus maktab oʻquvchilari tomonidan juda ijobiy qabul qilingan. Maktabda bu 5 ta muhim tashabbus asosida turli yoʻnalishlarda toʻgaraklar tashkil qilingan. Ayniqsa badiiy ijod yoʻnalishidagi raqs toʻgaraki qizlarining chiqishlari barchada ulkan qiziqish uygʻotdi.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, oʻquvchilarni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish borasida bunday davra suhbatlarini tez-tez oʻtkazib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻ.Reimov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶