24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:53
Jamiyat 👁 260

“Dugonalar bormisiz?” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi

“Dugonalar bormisiz?” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qoʻshiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar shaʼniga bagʻishlangandir.

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasida ekanligi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar tumanimizdagi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami oldidan ayol-qizlarga yuqori kayfiyat ulashish qolaversa, ularning qobilyat hamda isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish maqsadida har yili muntazam ravishda turli koʻrik-tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazilib kelinadi.

Jumladan, 5-mart kuni Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Dugonalar bormisiz?” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumanimizdagi Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari qatnashib belgilangan shartlar asosida oʻzaro bellashdilar.

1-shart “Tanishtirish” sharti boʻlib unda ishtirokchilar oʻz hayoti va ish faoliyati bilan tadbir qatnashchilarini tanishtirib oʻtishdi. 2-shart “Rahbarning nutq maʼdaniyati” shartida har bir rahbar oʻz notiqlik qobilyatini namoyon qilib, rahbar qanday boʻlishi lozimligi va uning muomala madaniyati va kiyinish odobi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. 3-shart “Alla” aytish sharti boʻlib, bunda har bir ishtirokchining oʻgit va nasihatlarga yogʻrilgan allalari tinglandi. Ushbu shart qizlarni onalikka tayyorlash va ularning qalbida muqaddas oilaga nisbatan hurmat ruhini yanada keng qaror toptirishga xizmat qildi. 4-shart esa “Bayramga tabriknoma” deb nomlandi. Bunda har bir ishtirokchi oʻz ijodkorlik qobilyatlaridan kelib chiqib oʻz onasi va opa-singillarini noodatiy ravishda tabrikladilar.

Tadbir doirasida tashkil etilgan har bir shart ayol-qizlarning isteʼdodini aniqlashga hamda rivojlantirishga hizmat qildi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari, Pardagul Oʻrazbayeva, Sharifa Seyitova, Sanobar Xoʻjamuratova hamda Nilufar Davletovalar ishtirokchilarning har bir chiqishlarini adolatli va shaffof tarza baholab bordilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, “Eng namunali direktor” nominatsiyasi boʻyicha Sevara Oʻrazbayeva, “Eng faol direktor” nominatsiyasi boʻyicha Shaxnoza Qlicheva, “Eng ijodkor direktor” nominatsiyasi boʻyicha Zebo Hayitbayeva, “Eng bilimdon direktor” nominatsiyasi boʻyicha Aynura Rahimova hamda “Eng tashabbuskor direktor” nominatsiyasi boʻyicha Gulnoza Qurbanbayevalar gʻolib deb topildi. Ishtirokchilar tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida soʻzga chiqqanlar barcha ayol-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etib kelgusi ish faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilashdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026