24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:10
Jamiyat 👁 401

BIR AYoL HAYoTIDAGI KOʻP YILLIK MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILDI

BIR AYoL HAYoTIDAGI KOʻP YILLIK MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILDI

Prezidentimizning tegishli Farmoniga koʻra mamlakatimizning shahar-tumanlarida Adliya boʻlimlari tashkil etilib, faoliyatini boshlagani xalqimizning orzulari roʻyobi boʻldi desak, adashmagan boʻlamiz. Chunki oʻtgan davr mobnaynida boʻlimlar aholining ogʻirini yengil qilib, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining soʻzsiz himoya qilinishini taʼminlab kelmoqda.

Shuningdek, adliya boʻlimlari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qonuniylikni taʼminlash va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi doimiy ravishda oʻrganilib, tahlil qilinmoqda, natijasi boʻyicha takliflar, taʼsir choralari koʻrilmoqda. Yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazish orqali aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksalishiga hissa qoʻshmoqda, jamiyatimizda, davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishishga harakat qilinmoqda.

Amudaryo tumani Adliya boʻlimida ham fuqarolar huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, oʻz vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Muammolar oʻz vaqtida hal etilayotganligini aholi haqli eʼtirof etmoqda, bu boʻlim nufuzi oshishiga xizmat qilmoqda.

Yaqinda tumanimizning Kuyuk koʻpir ovulida istiqomat qiluvchi fuqaro Umid Galiyeva fuqarolik pasporti yoʻqligi sababli nogironligi boʻlsa-da, nogironlik nafaqasiga chiqa olmayotganini, mazkur masalada yordam berishini soʻrab boʻlimga murojaat qilgan edi. Tuman Adliya boʻlimi ushbu murojaatni ijobiy hal qilish uchun tuman Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasini jalb qilib, hamkorlikda Galiyeva Umid Tadjibayevnaga shaxsini tasdiqlovchi ID karta olishga yordam berdi. Bu bilan ushbu fuqaroning 19 yillik shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish uchun boʻlgan sarsonligiga chek qoʻyildi.

Boʻlim masʼullari bu bilan cheklanmadi. Chunki ushbu fuqaroning nogironligi boʻlsa-da, shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoʻqligi sabab nogironlik nafaqasiga chiqish masalasi bir necha yildan beri hal etilmay kelayotganini inobatga olib, fuqaro 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy koʻrikka olib borildi. Qisqa muddatda Umid Galiyevaga 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining 2022-yil 11-fevraldagi xulosasi bilan 2-guruh nogironligi tayinlandi.

Bundan tashqari murojaatni oʻrganish davomida Umid Galiyeva shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmaganligi sababli turmush oʻrtogʻi bilan qonuniy nikohdan oʻta olmaganligi, katta farzandining tugʻilish guvohnomasini esa “yolgʻiz ona” maqomi bilan olishga majbur boʻlganligi aniqlandi.

Tuman Adliya boʻlimining aralashuvi bilan fuqaroning bu muammolari ham qisqa fursatda hal etildi. Yaʼni Umid Galiyeva va turmush oʻrtogʻi Qalbay Nuraddinov belgilangan tartibda tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida qonuniy nikohdan oʻtishdi va ularning katta farzandi Nuraddinova Nursulu Qalbay qizining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasining “otasi” grafasidagi kamchiliklar toʻgʻrilanib, unga Nuraddinov Qalbay Saʼdullayevichning otaligi belgilandi.

Fuqaro Umid Galiyevaning murojaatiga kompleks yondoshilib, murojaati toʻliq qanoatlantirildi.

Boʻlim faoliyatida buningdek misollar juda koʻp. Yurtdoshlarimizni yillar mobaynida qiynab kelayotgan huquqiy muammolar Adliya boʻlimi xodimlari tomonidan ijobiy hal qilinmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026