Tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar koʻp. Biroq, ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sogʻlom, har tomonlama barkamol avloddir. Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarining hal etilishiga yordam berish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Shu maqsadda, Amudaryo tumanidagi hududlar boʻylab yoshlar ishtirokida koʻplab uchrashuvlar, davra suhbatlari, sayyor qabullar, ommaviy sport tadbirlari, mahorat darslari, turli koʻrik-tanlovlar muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadi.
17-fevral kuni tumanning Bosuv mahallasi hududida joylashgan 26-sonli umumtaʼlim maktabida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Sardor Ismoilov hamda tumanimizda faoliyat yuritayotgan mutasaddi korxona, tashkilot vakillari qatnashishdi. Mazkur uchrashuvda mahalladagi 30 dan ortiq faol yoshlar qatnashib oʻzining taklif va muammolarini bidirishdi.
Dastlab, tuman hokimi tumanimizda yoshlarga oid davlat siyosati asosida navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, sport va boshqa yoʻnalishlarda isteʼdodini namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrin topishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaralari, hamda kelgusidagi rejalar haqida qisqacha toʻxtaldi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga ijobiy javoblar olishdi.
Uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan jiddiy masalalardan biri − taʼlim masalasi boʻldi. Kontrakt toʻlovlari uchun imtiyozlar, iqtidorli yoshlarga grantlar ajratilishi, umuman talabalar amaliyoti bilan bogʻliq jihatlargacha keng muhokama qilindi. Bundan tashqari, yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida bandlik, yer ajratilishi, imtiyozli kredit olish kabi masalalar ham koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tinglandi. Koʻpchiligi shu yerning oʻzida hal etildi va baʼzilariga muddat belgilanib, masʼullar biriktirildi hamda ijrosi tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan nazoratga olindi.
Tadbir yakunida yoshlarga yuzlangan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bunday uchrashuvlar doimiy ravishda oʻtkazilishini, yoshlar masalasi – eng asosiy masala ekanini va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlashishning alohida mexanizmi yoʻlga qoʻyilganini aytib oʻtdi. Shuningdek, tumanimiz yoshlarida gʻoya va tashabbuslar koʻpligini, eng asosiy masala mustaqil hayotga qadam qoʻyganda yoʻlidan chiqqan turli murakkabliklarni yengib oʻtish lozimligini taʼkidladi.
Qolaversa, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarning hammasi yoshlar uchunligini aytib, ushbu imkoniyatlardan foydalanib oʻz maqsadlariga erishiish yoʻlida ularga omad va zafarlar tiladi. Hokim va yoshlar uchrashuvi barcha yoshlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Yoshlar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar negizida kelajak avlodning manfaatini taʼminlash va ertangi yorugʻ kunga zamin yaratilishi kabi masalalar yotadi. Shunday ekan, har bir yosh avlodni qoʻllab-quvvtlash ularga toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish asosiy vazifamiz boʻlmogʻi lozim.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶