Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi
Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.
Xususan, sektorlar rahbarlari va mutasaddi idora tashkilot vakillari tomonidan murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali qabul qilish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilganligi xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchinining yanada ortib borishiga sabab boʻlmoqda.
Joriy yil 14-fevral kuni Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 44-sonli umumtaʼlim maktabida faol yoshlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, hamda oʻrinbosari Farxad Abdurahimov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov, shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Dastlab, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov tomonidan mahalla raisi va mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisiga jinoyatchilikning oldini olishda “mahallabay” va “xonadonbay” ish tashkil etish lozimligi haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan muloqot jarayonida manzilli dasturlar va fuqarolardan ichki ishlar organlariga hamda rasmiy saytlarga kelib tushayotgan savollar va murojaatlar tahlili orqali yoshlar uchun bugungi kundagi dolzarb mavzular aniqlab olindi.
Qabulda ishtirok etgan 30 ga yaqin yoshlardan 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar mazmuni asosan imtiyozli kredit olish, toʻlov-kontraktning bir qismi toʻlab berilishida amaliy yordam berilishi, e-auksion orqali yer olish tartibi, taʼlim krediti olish va boshqa maslalarda boʻldi.
Tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov esa murojaatlar hech qachon eʼtibodan chetda qolmasligini, iloji boricha ijobiy yechim topishini taʼkidladi.
Shuningdek, yoshlar uchun, umumun tumanimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro uchun, tuman Xalq qabulxonasi eshiklari doimo ochiqligi, har bir fuqaro oʻz muammolari bilan bemalol murojaat qilishlari mumkinligini aytib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlardan kelib tushgan har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, tegishli sohaviy tashkilot rahbarlariga murojaatlarni oʻz vaqtida, adolatli va xolis koʻrib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qilish uchun xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
F. Eshimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶