HOKIM YoRDAMChILARI UChUN SEMINAR OʻTKAZILDI
Tuman hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda hokim yordamchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunini amaliyotda qoʻllash boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Tuman hokimligi hamda Adliya boʻlimi tomonidan tashkil qilingan seminarda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyusupov tomonidan qayd etib oʻtilgan qonunni amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan ayrim masalalar, shu jumladan, yangidan ish boshlayotgan hokim yordamchilari tomonidan eʼtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar va talablar haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, seminarda Prezidentimizning 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish, oʻrganish natijalarini xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish vazifasi qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
M.Matyusupov,
tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶