24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:26
Jamiyat 👁 101

YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

Mamlakatimizning ertagi kuni oʻsib kelayotgan yosh avlodning qanday insonlar boʻlib kamolga yetishi bilan chambarchas bogʻliq. Shu boisdan ham ularning oʻz salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda, chuqur ilm olib, maʼnaviyatini yuksaltirishlari, tezkor davrimizga munosib boʻlib voyaga   yetishlariga  ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Tumanimizda yoshlarning toʻlaqonli ilm olishlariga sharoit yaratish, ularning turmushidagi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda, shu maqsadda tuman hokimining, sektorlar rahbarlarining, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etilayapti.

 Ana shunday uchrashuvlardan biri shu yilning 26-yanvarida tuman hokimligi majlislar xonasida jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazbayev, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov, tuman prokurori yordamchisi Abbaz Niyazimbetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimi Sardor Ismoilovlar bilan oʻtkazildi.

Uchrashuvda Mangʻit shahri hududidagi mahallalar yoshlari hamda tumanimiz ovul va mahallalaridagi yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sud-huquq islohotlari jarayonida ularning faol ishtirokini taʼminlash, mamlakatimizdagi mavjud qonunlarga hurmat hissini kuchaytirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkillashtirilgan uchrashuvda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Jasur Oʻrazbayev “Yoshlarni sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirish”, fuqarolik ishlari  boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov esa “Oila muqaddas, uni avaylash hammaning burchi” mavzularida maʼruza qildilar.

Shuningdek, uchrashuvda tumanimiz yoshlari orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, yoshlarning bandligini taʼminlash uchun  kasb-hunarga oʻqitish, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish, ishsizlarga ekin maydonlarini uzoq muddatga ijaraga berish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun imtiyozli kreditlar berish yoʻlga qoʻyilganini, yoshlar bulardan samarali foydalanishlari lozimligi ham alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv ishtirokchilari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javoblar oldilar.

Shunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang tarzda takomillashtirilib borilmoqda.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026