VATAN HIMOYaÇILARI USTOZLARDAN TAʼLIM VA TARBIYa OLADI
Yangi yil bayrami şukuhi tarqalib ulgurmasidan boşqa bir bayramni kutib olamiz. Bu 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kunidir. Har bir ayol-qiz borki, şu kuni tongdanoq otasi, aka-ukalari, umr yöldoşi, farzandlarini iliq tabrik sözlari bilan qutlaydi. Yurtimizning tinçligi, osoyişta hayotimizni taʼminlab turgan Vatanimizning himoyaçilari – harbiylarimizning borligiga şukrona aytadi. Aynan ularning ğoyat maşaqqatli va muhim bölgan kasbi, faoliyati tufayli çegaralarimiz daxlsiz, xalqimiz tinç, elimiz osuda, hayotimiz fayzlidir.
Taʼtil kunlarida maktabimizda uşbu bayram munosabati bilan bölib ötgan kiçik tadbir meni maqola yozişga undadi. Jamoamizdagi erkak öqituvçilarni bayram bilan qutladik. Şunda men bu sananing boşqa bir mohiyati haqida öylab qoldim. Öqituvçilik kasbida mehnat qilayotgan er-yigitlarimizning işlarini ham harbiylarimizning faoliyatiga qiyoslasa böladi. Harbiylarimiz bizni taşqi duşmanlar, yovuz niyatda bölgan kuçlardan moddiyan himoya qilsa, öqituvçilarimiz ösib kelayotgan yoş avlodning ongi va qalbini bilim bilan boyitadi, mustahkamlaydi, ruhini şakllantiradi, hayot kuraşlariga toblaydi, yot ğoyalar, xavflardan himoya qiladi. Aynan ular bergan bilim va tarbiya tufayli öquvçilar kamol topadilar, davlatimiz mustaqilligi va keyingi taraqqiyotining ustunlari bölib yetişadilar. Şuning uçundir, biz bu kunda faqatgina harbiylarimiz, içki işlar xodimlarini emas, balki har bir yigit, har bir kişini tabriklaymiz.
Yoş avlodni öqitiş va tarbiyalaşda erkak öqituvçilarning örni juda muhimdir. Esimda, men 2013-yilda maktabimizga işga kelganimda jamoamizda erkak öqituvçilar kamçilikni taşkil etardi. Bu tasodifiy bölmay, öşa vaqtlarda butun taʼlim tizimida mehnat qilayotgan erkak pedagoglarning soni ayol pedagoglarga nisbatan oz edi. Prezidentimiz Ş. Mirziyoyev faoliyatining dastlabki yillaridayoq bunga alohida eʼtibor qaratdi, taʼlim sohasida erkak öqituvçilarning sonini oşiriş kerakligini qayta-qayta taʼkidladi. Bu borada olib borilgan islohotlar öz natijasini berdi. Bugungi kunda ayol öqituvçilarimiz bilan bir qatorda, erkak öqituvçilarimiz ham yoş avlodni öqitiş va tarbiyalaş işiga özining munosib hissasini qöşib kelmoqda.
Aziz va muhtaram aka-ukalarimiz, yoşlarimiz, özining ğayrati va şijoatini Vatan himoyasi va porloq istiqboliga safarbar qilgan öktam öğlonlarimizni uşbu qutluğ bayram bilan çin yurakdan tabriklayman.
Gulzira Matniyazova, 30-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶