“VATANPARVAR” TAŞKILOTIDA HARBIY-VATANPARVARLIK MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari taşkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora tadbirlari töğrisida”gi Farmoyişiga muvofiq şu yilning 7-14-yanvar kunlari davomida davlat va xöjalik boşqaruvi organlarinng markaziy apparatlari hamda jamoat taşkilotlarida “Vatanimga tayançman” mavzusida vatanparvarlik soati ötkazildi.
Joriy yilning 13-yanvar kuni Amudaryo tumani öquv-sport texnika klubida haydovçilik yönalişida kasb örganayotgan öquvçi-yoşlar örtasida “Vatanimga tayançman” mavzusida sport musobaqasi ötkazildi.
“Vatanparvar” taşkiloti 1991-yil 23-noyabr kuni taşkil topgan va taşkilotning töliq nomi Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti deya nomlangan. Taşkilotning maqsadi Özbekiston Qurolli Kuçlarining mudofaa qudratini mustahkamlaşga kömaklaşiş, yoşlarni harbiy vatabparvarlik ruhida tarbiyalaş işlarida kömaklaşişdan iborat. “Vatanparvar” taşkilotida “B” hamda “BC” toifalar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi hamda 2021-yildan boşlab, 30 soatlik dastur böyiça haydovçilarni qayta tayyorlaş işlari olib boriladi.
Mazkur taşkilotda Amudaryo tuman sport texnika klubida 30 soatlik dastur böyiça yuridik şaxslarning avtotarnsport vositalari haydovçilari malaksini oşiriş va qayta tayyorlaş işlari amalga oşiraladi. Şuningdek, taşkilot tomonidan yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida tuman hokimiyati, Yoşlar agentligi tuman bölimi va hamkor taşkilotlar bilan birgalikda “Şunkorlar” harbiy-spot musobaqasi muntazam ötkazilib kelinmoqda. Bundan taşqari, boşlanğiç taşkilotlar örtasida havo miltiğida öq otiş böyiça ham musobaqalar ötkazilib kelinmoqda. Şuningdek, maktablar örtasida ötkazilayotgan tuman birinçiliklarida ğolib bölganlar Respublika bosqiçida ham qatnaşib keldilar.
2021-yil davomida taşkilot sportçi yoşlari Çirçiq şahrida ötkazilgan musobaqada qatnaşib, faxrli örinni egalladilar. Bundan taşqari, 2021-yil 17-20-iyun kunlari Möynoq tumanida ötkazilgan “Möynoq avtoralli – 2021” oçiq çempionatida faxrli birinçi örinni egalladilar hamda Prezident sovğasi “Neksiya-3” avtomobilini qölga kiritişdi.
Yoş sportçilarning çidamlilik, çaqqonlik, jismoniy yetuklik bilan birga tezkorligini ham talab etuvçi mazkur musobaqada ğoliblik uçun kuraş olib bordi.
Murosasiz va qiziqarli ötgan bellaşuvning yakuniy natijalariga köra musobaqa ğoliblariga Amudaryo öquv-sport texnika klubi tomonidan qimmatbaho sovğalar va diplomlar topşirildi.
Sevara Ismoilova, QDU jurnalistika fakultetining 3-kurs talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶