24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:04
Jamiyat 👁 250

“OʻZBEKISTON YoShLAR FORUMI – 2021”: AMUDARYo TUMANIDAGI TADBIRLARDA YoShLAR FAOL IShTIROK ETDI

“OʻZBEKISTON YoShLAR FORUMI – 2021”: AMUDARYo TUMANIDAGI TADBIRLARDA YoShLAR FAOL IShTIROK ETDI

Mavzuga oid fotogalereya

Yurtimizda yoshlarning gʻoya va takliflarini eshitish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilish maqsadida 18-dekabrdan 25-dekabrgacha «Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021» boʻlib oʻtishi maʼlum qilingan edi. Shunga koʻra mamlakatimizning barcha hududlarida forum doirasidagi tadbirlarga yoshlarni jalb qilish ishlari boshlab yuborildi.

Amudaryo tumanida ham yoshlarni ushbu forumga jalb etishga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etildi va ularda yoshlarning faol ishtiroki taʼminlandi.

15-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu tadbirlar dastlab Doʻstlik mahallasidan “Sogʻlom turmush uchun 5000 qadam” ommaviy piyoda yurish aktsiyasi bilan boshlandi. Koʻtarinki kayfiyat bilan boshlangan tadbirda tuman Turizm va sport boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Ichki ishlar, Madaniyat, Xalq taʼlimi boʻlimlari, umumtaʼlim maktablaridan 500 nafarga yaqin xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi. Hokimlik binosiga karnay-surnay sadolari ostida yetib kelgan aktsiya ishtirokchilari salomatlik mashgʻulotlari, jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishdi.

Shundan soʻng, yoshlar tuman hokimligi binosi oldida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi harbiy orkestr hamda faxriy qorovul qismi, tumandagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 harbiy qism harbiylari, tuman Madaniyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan orkestr va harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurdilar. Harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, xizmat hayvonlarini yoshlar juda katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Harbiy xizmatchilar ularga qurollarni qismlarga ajratish va yigʻish tartibi, xizmat hayvonlarini boqish va ularni jangovarlikka tayyorlash haqida batafsil tushunchalar berishdi. Yoshlar harbiy ansambl, orkestr ijrosidagi harbiycha kuy va qoʻshiqlarni maroq bilan tinglab, kompozitsion dasturlarni tomosha qildilar.

Bir guruh faol yoshlar Olmazor mahallasidagi Yoshlarlar bogʻiga tashrif buyurib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 tup daraxt koʻchatlarini ekishdi. Ushbu ezgu va xayrli ishlarda 50 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar. Maʼlumki, loyiha doirasidagi koʻchat ekish ishlarida yoshlar hamjihatlikda ishtirok etishmoqda. Yaqinda tumanning Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 760-konturdan 3 gektar yerga Yoshlar agentligi tuman boʻlimi xodimlari, faol yoshlar ishtirokida 6 ming  tupdan ziyod tut koʻchatlari oʻtqazilib, yangi tutzor barpo etildi. Yangi tutzordagi nihollarni yoshlar astoydil parvarish qilib, muhim agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishdi.

Tadbirlar Yangiobod mahallasi hududida joylashgan sunʼiy qoplamali mini futbol stadionida davom ettirilib, tuman Turizm va sport, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tomonidan sportning futbol turi boʻyicha musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqalarda tumandagi 50 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etib, mahoratlarini namoyish etdilar. Qizgʻin oʻtgan musobaqalarda gʻolib boʻlgan jamoa tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Koʻtarinki kayfiyatda oʻtayotgan tadbir ishtirokchilari tuman Madaniyat markazi foyesida tashkil etilgan “Besh tashabbus” koʻrgazmasiga tashrif buyurishdi. Koʻrgazmada umumtaʼlim va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan yoshlarning besh tashabbus doirasida amalga oshirayotgan ishlari, yaʼni yosh qalamkashlar tomonidan chizilgan suratlar, chevar qizlar tikkan yumshoq oʻyinchoqlar, turli kiyimlar namoyish etildi. Yosh kitobxonlar uchun kitoblar koʻrgazmasi tashkil etilib, ularga turfa va qiziqarli kitoblar haqida maʼlumotlar berildi. Bunday kitoblardan bahramand boʻlish uchun tumandagi Axborot kutubxona markaziga aʼzo boʻlish kerakligi tushuntirilib, istak bildirgan kitobxon yoshlar mazkur maskanga taklif etildi.

Shundan soʻng, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etildi. Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi tuman boʻlimi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda taniqli, oʻz sohasida yuksak natijalarga erishayotgan tadbirkor - "KUSHMAG" brendining asoschisi Marat Kumekov tomonidan yoshlarga biznes sirlari haqida maʼlumotlar berilib, tushunchalari kengaytirildi. Qizgʻin kechgan dars davomida tijorat banklaridan kredit olish, turli yoʻnalishdagi tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish kabilar boʻyicha yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Madaniyat markazida milliy liboslar koʻrgazmasi ham oʻtkazildi. Koʻrgazmada yosh dizaynerlar tomonidan yaratilgan zamonaviy bichimdagi milliy va zamonaviy liboslar namoyish etildi. Ushbu tadbirda yoshlar dizaynerlarning mahorati, sharqona qadriyatlarning zamonaviy kiyinish meʼyorlari bilan uygʻunligi, kiyinish madaniyati, milliy va zamonaviy ruh uygʻunlashgan betakror didni yaqqol his qildilar. Modalar namoyishi, zamonaviy va milliy liboslar koʻrgazmasi ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Forum doirasidagi tadbirlar barcha yoshlarga nihoyatda manzur boʻldi va ruhan koʻtarinkilik baxsh etdi.

Jasur Davletov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026