14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:42
Fan va taʼlim 👁 224

TUMAN PROKURORI 15-SONLI MAKTABDA OChIQ DARS OʻTKAZDI

  TUMAN PROKURORI 15-SONLI MAKTABDA OChIQ DARS OʻTKAZDI

Yurtimizda barcha hududlardagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekistonda prokuratura organlari tashkil etilganiga 30-yili toʻlayotgani munosabati bilan prokuratura xodimlari tomonidan ochiq darslar tashkil etilmoqda. Ochiq darslar noanʼanaviy tarzda, oʻquvchi va oʻqituvchilar, ota-onalar bilan jonli muloqot tarzida oʻtkazilmoqda.

Amudaryo tumanida ham umumtaʼlim maktablarida prokuratura xodimlari tomonidan ochiq darslar tashkil etilib, prokuratura organlarining shakllanish tarixi, asosiy yoʻnalishlari, vazifalari hamda bugungi kunda olib borayotgan faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.

10-dekabr kuni tumandagi 15-sonli maktabda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan ana shunday ochiq dars qizgʻin savol-javob, bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Unda tuman prokurori Javlonbek Muftullayev hamda prokuror yordamchisi Abbaz Niyazimbetovlar ishtirok etdilar.

Tuman prokurori Javlonbek Muftullayev inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi, qonun ustuvorligini taʼminlashda bosh Qomusimizning ahamiyati, prokuratura organlarining qonun ustuvorligini taʼminlashdagi oʻrni, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki haqida soʻz yuritdi. shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor ruhda tarbiyalash demokratik-huquqiy davlat barpo etishning muhim sharti ekanligini alohida taʼkidladi.

Prokuror yordamchisi Abbaz Niyazimbetov ham davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev asos solgan taraqqiyotimizning yangi bosqichida jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha keng qamrovli va misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilayotgani haqida soʻz yuritdi. Undan tashqari, soʻnggi uch yilda prokuratura organlari faoliyati bilan bogʻliq 20 ga yaqin qonun, farmon, qaror va farmoyish qabul qilingani, Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 19-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuni imzolangani, bu haqdagi qonun Yurtboshimizning Prezident sifatida imzolagan birinchi qonuni ekanligini eʼtirof etdi. Muhtaram Prezidentimiz 2016-yil 19-dekabr kuni prokuratura xodimlari uchun muhim tarixiy sanaga asos solgani, 8-yanvar sanasi – Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari   xodimlari   kuni” deb belgilanganini maʼlum qilib oʻtdi.

Ochiq oʻquv mashgʻulotda oʻquvchilar 1992-yil 8-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari toʻgʻrisida“gi Farmoni qabul qilingani hamda sobiq Ittifoq qaramogʻidagi Oʻzbekiston SSR prokuraturasi mustaqil Oʻzbekiston prokuraturasiga aylantirilgani, oʻtgan davrlar mobaynida prokuratura organlarining faoliyati islohotlarga hamohang tarzda takomillashtirib borilgani haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Dars davomida prokuror va uning yordamchisi oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Prokuror hamda oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilgan bu kabi jonli muloqot, oʻquv mashgʻulotlar natijasida oʻquvchilarimizda qonunlarimizga boʻlgan hurmat yanada oshadi. Shuningdek, bunday tadbirlar oʻquvchilarning oʻz huquq va manfaatlarini teran anglashiga xizmat qiladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019