QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI SUDYaSI AMUDARYo TUMANI SUD-HUQUQ SOHASI MASʼULLARI IShTIROKIDA MAJLIS OʻTKAZDI
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari Markazi binosida “Respublika sudlari raislari, sudyalari va sud xodimlari ishtirokida 2021-yil 27-fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan Oliy sud Rayosati yigʻilishida belgilangan vazifalar yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi, yaʼni sudlovga taalluqlilik masalasiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.
Majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Abdimurat Kerimbayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazbayev, sud xodimlari va sud-huquq sohasi mutaxassislari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Abdimurat Kerimbayev raisligida oʻtkazilgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan 2021-yil 9-martda tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berdi. Xususan, mazkur “Yoʻl xaritasi”ning 112-bandida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida, ushbu daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish chorasini koʻrish va ishlarning taalluqligi masalalarida yuzaga kelayotgan holatlarni viloyatlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida muhokama qilib, hal etilishini taʼminlash vazifasi belgilanganligini aytib oʻtdi.
Abdimurat Kerimbayev oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeksning 26-moddasiga koʻra, maʼmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqli ekanligini misollar orqali tushuntirdi.
Shundan soʻng, majlis ishtirokchilari amaliyotda sudlovga tegishlilik masalasida bir qancha tushunmovchiliklar mavjud ekanligi, shu sababli sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, ushbu daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov soʻzga chiqib, taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, ushbu daʼvo arizasi koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlishi haqida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni keltirgan holda oʻz fikrlarini bildirdi.
Majlis ishtirokchilari sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, ushbu daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiqligi, ushbu amaliyotni qonunchilik bilan tartibga solish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirdilar.
Majlis davomida soha xodimlari koʻrilgan masala yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi A.Kerimbayev batafsil javob berdi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶