ÖZBEKISTON KONSTITUTsIYaSI – BARQAROR TURMUŞ ASOSI
Mustaqillik yillarida jamiyatni harakatga keltiruvçi kuç hisoblanmiş inson huquqlarini himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Mamlakatimiz Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasida xalq hokimiyatçiligi printsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanişi belgilab qöyildi.
Konstitutsiyamizning “Şaxsiy huquq va erkinliklar” deb nomlangan VII bobi, “Siyosiy huquqlar” deb nomlangan VIII bobi, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobida fuqarolarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari belgilab berilgan. Xususan VII bobida insonning şaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan bölib, ular tizimida fuqarolarning ularning huquq va manfaatlariga daxldor bölgan hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişib çiqiş huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali fuqarolar boşqa konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşiriş uçun özlariga şaroit yaratadilar.
Umuman olganda, Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 1992-yil 8-dekabrda bölib ötgan ön birinçi sessiyasida qabul qilingan mamlakatimiz Asosiy qonuni – Konstitutsiyamiz irqi, dini, jinsi va mavqeidan qatʼiy nazar, barça fuqarolar uçun şu gözal va jannatmakon yurtda yaşaş, ilm oliş, munosib şaroitlarda mehnat qiliş, keksayganda va mehnat layoqatini yöqotganda ijtimoiy taʼminot oliş, malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkonini yaratgan. Qisqa qilib aytganda, har bir fuqaro öz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda emin-erkin va baxtiyor yaşaş imkoniga ega. Uning şaxsiy daxlsizlik huquqiga rahna solişga heç kim haqli emas.
Fuqarolik şaʼni, mavqei yuksak maqomlarda ifodalangan Konstitutsiyamizni şu boisdan ham mamlakatimizning barça fuqarolari qadrlaydi, hurmat qiladi. 8-dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har yili mamlakat böylab keng tantana qilinişi ham bejiz emas.
Barça yurtdoşlarimizni bayram bilan qutlab, oilalariga tinçlik-omonlik, baxtiyorlik tilayman.
Q.ATAMURODOV,
Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶