42-SONLI MAKTABDA “MAKTAB KUTUBXONALARI HAFTALIGI” DOIRASIDA PSIXOLOGIK SUHBATLAR OʻTKAZILDI
Oʻquvchining darslarni puxta oʻzlashtirishi, oʻz qiziqishlari boʻyicha orzularini amalga oshirishida oila muhiti muhim oʻrin tutadi. Bola, u oʻgʻilmi yoki qizmi, qaysi toifada boʻlishidan qatʼiy nazar, eng avvalo, juda koʻp xislatlarini ota-onasidan oladi. Ota-onaning birgalikdagi hayoti davomida oilada yaratgan oʻziga xos tarbiyaviy muhit bola shaxsining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maktab va oila hamkorligi oʻquvchi-yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlovchi ham taʼlim, ham tarbiya maktabi vazifasini oʻtaydi.
Joriy yilning 26-noyabr sanasida 42-sonli maktabda “Maktab kutubxonalari haftaligi” doirasida “Kitobxonlik – ruhiy koʻtirinkilik bagʻishlovchi kuchdir” mavzusida maktabning 11-sinf oʻquvchilari bilan maktab psixologi Aziza Qodirberganova ishtirokida psixologik suhbat tashkil etildi. Boʻlib oʻtgan suhbat jarayonida, avvalo oʻquvchi-yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini qanday rejalashtirish boʻyicha dildan, samimiy suhbat muhiti yaratilib, ularning oila davrasidagi mavqei, qiziqishlari, ota-onalari bilan oʻzaro munosabatlari, hayotdan olgan shaxsiy xulosalariga eʼtibor qaratildi. Oʻquvchilar oʻz orzulari, hayotga qarashlari atrofimizdagi oalm xususida oʻz fikrlarini erkin ifoda etdilar. Oʻzlari oʻqigan kitoblar va ulardagi qahramonlarning dunyoqarashlari, yozuvchi ilgari surgan asosiy gʻoyalar xususida shaxsiy munosabatlarini bildirishdi.
Shuningdek, psixologik suhbat davomida oʻquvchi-yoshlar badiiy asarlarning oʻz hayotlarida tutgan oʻrni xususida ham fikr yuritishdi. Sheʼriyatga, adabiyotga qiziqishlari yanada ortganini izhor etishdi. “Kitobxonlik – ruhiy koʻtarinkilik bagʻishlovchi kuchdir” mavzusidagi psixologik suhbatlar maktabning barcha sinflarida, maktab psixologi Aziza Qodirberganovaning shaxsiy rejasi va tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda hamda har haftada “Kiyinish madaniyati”, “Oʻquvchining shaxsiy hayoti va maktab taʼlimi”, “Odobli bola el koʻrki”, “Men oʻz Vatanimga munosib farzand boʻlaman” mavzularidagi tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazish va bu tadbirlarda ota-onalarning ham ishtirokini taʼminlash rejalashtirilgan.
Robiya YOʻLDOShEVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶