14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:26
Fan va taʼlim 👁 265

“BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

“BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-noyabrda qabul qilgan “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq har yili 16-noyabr – “Xalqaro bagʻrikenglik kuni”ga bagʻishlangan “Bagʻrikenglik haftaligini” oʻtkazishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Birlashgan millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qaroriga muvofiq 1977-yildan buyon 16-noyabr sanasi “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi.

130 dan ortiq millatlar vakillari istiqomat qiladigan bagʻrikeng yurtimizda ushbu sana munosabati bilan “Bagʻrikenglik haftaligi”ning oʻtkazilishi, shu munosabat bilan barcha millatga mansub aholi oʻrtasida oʻzaro doʻstlik, birodarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yurtga muhabbat, diniy bagʻrikenglik targʻib etiladigan turli madaniy tadbirlar tashkillashtirilishi anʼanaga aylanib qoldi.

Shu yilning 18-noyabrida yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi haftalik doirasi tumanimizdagi 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda rejaga koʻra, 5-, 6-sinflar oʻquvchilari orasida “Mening bagʻrikeng doʻstim” deb nomlangan rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Shunisi eʼtiborliki, tanlov ishtirokchilarining  oʻz idealidagi doʻst insoni siymosini toʻla gavdalantirib bera olishi uchun yetarli sharoitlar yaratildi. Maʼlum muddat ichida chizilgan rasmlarni hakamlar hayʼati sinchiklab oʻrganib, haqqoniy baholadilar.

Maktabning 7-,8-sinflari oʻquvchilari ishtirokidagi doʻstlik, bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat, ona Vatanimizga muhabbat tarannum etilgan sheʼrxonlik barcha oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Tadbirda 9-, 11-sinflar oʻquvchilar oʻrtasida “Bagʻrikenglik – mening nazdimda” mavzusida insholar tanlovi hamda milliy liboslar namoyishi oʻtkazilgani, ayniqsa, oʻquvchilarga manzur boʻldi. Boisi tumanimizda ham oʻzbek, qoraqalpoqlardan tashqari qozoq, qirgʻiz, tatar, turkman, rus, koreys va  boshqada millatlar vakillari bir oila farzandlariday ahil, inoq yashashadi. Ularning hammasi ham oʻz milliygini asrashi, rivojlantirishi uchun yurtimizda keng imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun ham ular oʻz milliy liboslarini faxr-iftixor bilan kiyishadi. Tadbirda turli xalqlar milliy liboslarini tomosha qilish oʻquvchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Shuningdek, 5-, 11-sinflar oʻquvchilar orasida milliy taomlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Tadbir soʻngida maktab badiiy havaskorlari ijrosida turli millatlar milliy qoʻshiq va raqslaridan tuzilgan kontsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda oʻz iqtidorini namoyon etgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019