OQ AROQNING QORA QILMIShI
Mastlik – ixtiyoriy telbalik, mast odam oʻz-oʻzini boshqara olmaydi, qilayotgan xatti-harakatlariga aqli yetmaydi va oqibatini idrok eta olmaydi. Agar shunday boʻlmaganida tumanimizning chekka ovullaridan birida istiqomat qiluvchi Karim Abdullayev nuroniy yoshga yaqinlashib qolgan vaqtida yoshlarga yoʻl-yoʻriq berib, haq yoʻlga boshlash oʻrniga mahalladoshi bilan janjallashib, jinoyatchi degan nom olib oʻtirarmidi?
Gap shundaki, Karim Abdullayev mahalladoshi bilan yoʻlda uchrashib, suhbatlashib turganida yana bir tanishi Javlon Umarov (ism, familiyalar oʻzgartirildi) kayfi tarang holda kelib qoldi va mening ustimdan kulayapsizlar, deb Karim Abdullayevni soʻka boshlaydi.
Ha, Javlon Umarov mast – yaʼni ixtiyoriy telba boʻlsa, Karim Abdullayev hushyor edi, u bilan aytishib oʻtirmay yoʻliga ketdi. Biroq ertasiga unga ham ichadigan bahona topilib qoldi.
Xullas, mast holatda uyiga qaytayotganida ittifoqo Javlon Umarovni uchratib qoldi. Va xayoliga uning kechagi qiligʻi keldi. “Nega meni soʻkdi, nima haqqi bor, kim boʻlibdi” oʻyladi ichida va yoniga borib basharasiga musht tushirdi. Oʻziga salomlashgani qoʻlini uzatgan hamsoyasi kutilmaganda kelgan zarbdan yerga yiqildi.
Bu bilan Karim Abdullayev Javlon Umarovga oʻrtacha ogʻir darajadagi tan jarohatini yetkazdi.
Uning bu qilmishi yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining sud majlisida atroflicha muhokama etildi va tegishli jazo tayinlandi.
Oq aroqning qora qilmishi bir yoshi katta insonga sudlanganlik tamgʻasi bilan “siyladi”. Shunday dorilomon kunlarning qadriga yetmay, spirtli ichimlik ichish, odamlar orasida notinchlikni keltirib chiqarish oqibati koʻngilsizlik bilan tugadi.
R.SANKIBOYeV, tuman prokurori oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶