AMUDARYo TUMANI PROKURATURASI XODIMLARI RESPUBLIKA PROKURORI KUBOGI MUSOBAQALARI ĞOLIBI BÖLIŞDI
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantiriş, uning ommaviyligini oşiriş, aholining barça qatlamlari orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş tobora kuçaymoqda. Ayniqsa, turli soha xodimlari örtasida sport musobaqalarining taşkil etilişi anʼanaga aylanmoqda.
Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublika prokuraturasi xodimlari örtasida ham sportning mini-futbol, şaşka va stol tennis turlari böyiça “Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori kubogi” musobaqalari taşkil etildi.
Nukus şahrida sportning mini-futbol turi böyiça bölib ötgan musobaqasida har bir tuman prokuraturasi xodimlaridan taşkil qilingan 20 ta jamoa örtasida qizğin bellaşuv böldi. Murosasiz keçgan musobaqa davomida öz mahoratini körsatgan jamoalardan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlarining “Amudaryo” jamoasi 1-örinni egalladi.
Şundan söng, prokuratura xodimlari şaxmat böyiça musobaqalarda iştirok etib, öz iqtidorlarini namoyiş etdilar.
Sportning stol tennis turi böyiça ötkazilgan musobaqalarida ham Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari çaqqonliklarini va abjirliklarini körsatişdi. Musobaqada kuç sinaşgan 18 nafar sportçi-xodimlarni mağlub etgan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimi A.Bekbergenov ğoliblikni qölga kiritdi.
Kubok ğolibi bölgan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlarining sport jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori F.Allambergenov tomonidan berilgan sovğalarga ega böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶