16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:53
Jamiyat 👁 268

AMUDARYoLIK IIV FAXRIYSI «YILNING ENG FAOL FAXRIY XODIMI» KOʻRIK-TANLOVINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSQIChI SOVRINDORI BOʻLDI

AMUDARYoLIK IIV FAXRIYSI «YILNING ENG FAOL FAXRIY XODIMI» KOʻRIK-TANLOVINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSQIChI SOVRINDORI BOʻLDI

Mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi IIV faxriy xodimlari oʻrtasida «Yilning eng faol faxriy xodimi» koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi arafasida boʻlib oʻtgan ushbu tanlovda tizimda uzoq yillar xizmat qilgan, hozirgi kunda ham oʻz tajriba va bilimlarini yosh avlodga oʻrgatib kelayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan IIV faxriy xodimlari qatnashishdi.

27-oktyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida mazkur tanlovning yakuniy bosqichi oʻtkazildi. Ushbu  bosqichda tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi – amudaryolik IIV faxriy xodimi, isteʼfodagi mayor Jahongir Xolmurodov ham ishtirok etdi va tanlov davomida belgilangan shartlar asosida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan soha faxriylari qatori oʻtgan yillar mobaynidagi amaliy ishlarini taqdim etib, bilim va iqtidorini sinovdan oʻtkazdi.

Dastlabki shartga koʻra tanlovda ishtirok etgan har bir faxriy xodimning oʻtgan bir yil davomida davlat va jamiyat hayoti bilan bogʻliq amalga oshirgan ishlari, jumladan yosh avlodni tarbiyalash, ustoz-shogird anʼanalari, faxriylar maktabidagi faoliyati va boshqa sohalarda amalga oshirgan ishlari bilan tanishib chiqildi. Keyingi shart boʻyicha intellektual sport oʻyini, yaʼni shaxmat musobaqasi oʻtkazildi. Soʻnggi shartga koʻra, yurtimizda amalga oshirilayotgan soʻnggi islohotlar, ichki ishlar organlari tizimi, yurtimiz tarixi, adabiyoti, sanʼati, madaniyati va boshqa muhim yoʻnalishlar boʻyicha tuzilgan savollar asosida faxriylarning bilimlari aniqlandi. Shuningdek, shart davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va muammolarni ilgari surib, ularni hal etishning turli innovatsion yoʻllarini koʻrsatib berishdi. Tanlovda ishtirokchilar sanʼat, madaniyat, adabiyot, fan, texnika va boshqa yoʻnalishlardagi isteʼdodlarini ham namoyish etishdi.

«Yilning eng faol faxriy xodimi» koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan amudaryolik IIV faxriysi, isteʼfodagi mayor Jahongir Xolmurodov «Isteʼdodli faxriy» nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi. Tanlov sovrindoriga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Diplomi, «Oʻzbekiston IIV faxriysi» koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho qoʻl soati tantanali ravishda topshirildi.

Sulton Jarilkaganov, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019