SEYSMIK XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA QONUN QABUL QILINDI
Shu yil 13-sentyabr kuni Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Qonunga koʻra, seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obʼektlar ahamiyatiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
I toifa – xavflilik omili past boʻlgan obʼektlar;
II toifa – xavflilik omili oʻrtacha boʻlgan obʼektlar;
III toifa – xavflilik omili yuqori boʻlgan obʼektlar;
IV toifa – xavflilik omili juda yuqori boʻlgan obʼektlar.
Oʻzbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi obʼektlar har 5-yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan oʻtkaziladi. Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi obʼektlar har 10-yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi obʼektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda oʻtkaziladi. IV toifadagi obʼektlarga taalluqli suv omborlari toʻgʻonlarida va gidroelektrostantsiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.
Suv omborlari toʻgʻonlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir boʻlgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda oʻtkaziladi.
Qonunga koʻra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶