25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:02
Jamiyat 👁 152

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BIR QATOR TADBIRLAR OʻTKAZILDI

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BIR QATOR TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Xalqaro qizlar kuniga 2011-yil, 11-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasida asos solingan. Butun jahon boʻyicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida har yili 11-oktyabrda keng nishonlanadi.

Qizlar hayotiga oid muammolarga asosan majburiy nikoh, ularning  taʼlim olish, ishlash huquqlarini cheklash, tibbiy xizmatlardan foydalanishlariga toʻsqinlik qilish, majburiy mehnat va zoʻrlash kiradi.

Dunyoda qizlarning taʼlim olishi uchun keng koʻlamli ishlar olib borilayotganiga qaramasdan, ularning aksariyati fuqarolik urushlari, kambagʻallik tufayli bunga qiyinchilik bilan erishmoqda. Bu kabi muammolar qoʻshni Afgʻoniston, shuningdek, Hindiston, Somali, Pokiston kabi davlatlarda uchraydi.

Ayni paytda dunyoda 15-19 yosh oraligʻidagi har toʻrt nafar qizdan biri ishlash, oʻqish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas.

Mamlakatimizda ham har yili 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni keng nishonlanadi. “Qizlar haftaligi” doirasida joylarda turli tadbirlar oʻtkazilib, faol va tashabbuskor qizlar taqdirlanadi.

Bu sanani amudaryolik qizlar ham munosib kutib oldilar. Tumanning turli hududlarida, ovul va mahallalari hamda oʻquv muassasalarida koʻngilochar tadbirlar, ijodiy-madaniy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Xususan, “Barkamol avlod” markazida iqtidorli qizlar ishtirokida markaz oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi. Mahorat darslarida markaz direktori Xonimjon Rajabova ishtirok etib, bichish-tikish va yumshoq oʻyinchoqlar yasash boʻyicha iqtidorli qizlarning koʻnikma va mahoratlarini  sinovdan oʻtkazdi.

Shuningdek, markazda qizlar  tomonidan qoʻl mehnati bilan yasalgan buyumlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Qizlarning noyob va innovatsion ixtirolari namoyish qilinib, mahorat darslari orqali markaz oʻqituvchilarining bilim va tajribalari amalda koʻrsatib berildi. Iqtidorli, ixtirochi qizlar ragʻbatlantirildi.

Xalq taʼlimi boʻlishi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh aʼlochi va intizomli oʻquvchi-qizlari esa “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va Amudaryo televideniyesi birlashgan tahririyatida boʻlishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva bilan dildan, samimiy suhbatlashdilar.

Robiya Yoʻldosheva ularga mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, qizlarning taʼlim olishlari, oʻz iqtidorlarini namoyon  etishda, sportda hamda jamiyatimizning boshqa yoʻnalishlarida katta yutuqlarga erishayotgan qizlar haqida, shuningdek Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri ekanligi xususida gapirib berdi.

Oʻz navbatida qizlar oʻzlari yozgan sheʼrlarini oʻqib berishdi, shuningdek, hayotda oʻz oʻrinlarini topish maqsadida hozirdan xarakat qilib, boʻsh vaqtlarida qoʻshimcha bilim olayotganliklari xususida toʻlqinlanib soʻzladilar. Oila tutumlari, qiz bolaning odob-axloqi xususida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tuman hokimligining kichik majlislar zalida Senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda ayol-qizlarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbat alohida eʼtirof etilib, qizlarning kasb-kor egallashlari, oliy maʼlumot olishlari, oʻz biznes-rejalarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordam, qabul qilinayotgan qonunlar, qonunosti hujjatlari xususida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar.

Shu bilan birga ular oʻzlari hayotda, siyosatda, oilada erishayotgan yutuqlari, tajriba va tashabbuslari yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar. Ayniqsa, Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash, shuningdek, har qanday zoʻravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.

Shu kuni Mangʻit shahridagi 1-sonli va 30-sonli umumtaʼlim maktablarining bir guruh oʻquvchi-qizlari ishtirokida eng koʻp ish oʻrinlari yaratgan tadbirkor Tamara Yusupova rahbarligidagi “Tamara tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida oʻquvchi-qizlar eng zamonaviy bichish-tikish va toʻqish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga jamiyat rahbari Tamara Yusupova erishayotgan yutuqlar, tadbirkorning umummanfaatini koʻzlab amalga oshirayotgan va rejalashtirayotgan yangi loyihalarini qiziqish bilan kuzatdilar.

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan barcha tadbirlar, iqtidorli qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qiziqishlari hamda qobiliyatlarini amalda namoyon etishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgani bilan ishtirokchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026