OVUL VA MAHALLALARDA SUD MASʼULLARINING AHOLI BILAN UChRAShUVLARI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xartasining 24-bandiga koʻra sudyalar tomonidan oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda joylarda targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
27-sentyabr kuni Qipchoq, Choykoʻl, Toʻlqin ovullari, Daryo boʻyi, Uyshin mahallalarida ham Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi J.Urazboyev, Fuqarolik ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Q.Atamuradov, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi B.Baymuradovlar ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvlarda sud masʼullari huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohni oldini olish va nikohdan ajralishlarga yoʻl qoʻymaslik, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va saylov jarayonlarining ahamiyati, yoshlarning siyosiy huquqlari xususidagi masalalarida soʻz yuritishdi. Shuningdek, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi, «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi qabul qilingan qonunlar, jumladan, «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishdi.
Sud masʼullari aholini qiziqtirgan turli sohadagi masalalar, jumladan oila va nikoh, meros, yer va uy-joy nizolari yuzasidan berilgan savollar boʻyicha asoslantirilgan javoblar berishdi.
I.Ismoilov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining devonxona mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶