“Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovining faol iştirokçilari
Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan özbek tili fani öqituvçilari orasidan mahoratli, taşabbuskor öqituvçilarni aniqlaş, ularning taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan ğoyalarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş hamda özbek tilining davlat tili sifatida öqitilişi böyiça zamonaviy yondaşuvlarni qöllaşga qaratilgan amaliy işlanmalar kölamini kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamenti, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovi eʼlon qilingan edi.
2021-yilning 17-sentyabr kuni Amudaryo tumani XTBga qaraşli 76-sonli maktabda tanlovning tuman bosqiçi ötkazildi. Bunda iştirokçilar dastlab onlayn test topşirişdi, testdan yaxşi natija körsatgan iştirokçilar ertasi kuni 2-şart böyiça "Özbek tilini samarali öqitiş metodikasi" mavzusida taqdimot qildilar.
Amudaryo tumani XTB ga qaraşli 30-sonli umumtaʼlim maktabining Özbek tili va adabiyot fan öqituvçisi Umida Rahimboyeva özbek tili yönalişida, 10-sonli umumtaʼlim maktabi Ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Rayhon Polvonova Ona tili yönalişida ğoliblikni qölga kiritib, keyingi bosqiçga yöllanma olişdi.
Bu öqituvçilar taʼlim tizimida ançayin faol. Rayhon Polvonova köpgina tanlovlarda, olimpiadalarda özining odilligi, töğriligi bilan nom çiqargan hakamlardan biri sifatida nazarga tuşgan bölsa, Umidaxon esa yoş bölişiga qaramasdan PISA va PIRLS xalqaro baholaş dasturi öqiş savodxonligi yönalişi böyiça trener öqituvçi sifatida tanilgan.

27-sentyabr kuni Nukus şahridagi 27-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan 2-bosqiçda 13 nafar iştirokçi 2 ta şart böyiça öz mahoratlarini körsatişdi. Natijalarga köra iştirokçilarimiz munosib qatnaşib, Rayhon Polvonova 3-örinni egalladi.
Amudaryo tumani faxriga aylangan bu öqituvçilarimizga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Ustozlarimizga keyingi işlarida muvaffaqiyatlar yor bölişini tilab qolamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶