Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrigi
Aziz ustozlar, qadrli öqituvçi va murabbiylar!
Avvalo, barçangizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana — 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Dunyoda şunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qiliş qiyin. Öqituvçi va murabbiylar haqiqiy maʼnoda hayotimiz çaroğbonlaridir. Biz kim bölmaylik, qaysi sohada işlamaylik, barçamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berişgan.
Xalqimizda "Ustoz otangdek uluğ", degan söz bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erişsa, kasbidan eʼzoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinçi öqituvçisiga bölgan hurmat abadiy muhrlanadi.
Şuning uçun ham Sizlardan taʼlim va tarbiya olgan, özini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barça insonlar nomidan Siz azizlarga har qança minnatdorlik bildirsak, şunça oz. Hayot bor ekan, öqituvçilik va murabbiylik kasbi özining maʼno-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini heç qaçon yöqotmaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning "Sizlarning yoşlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini singdiriş, ularni turli tahdidlardan asraş, komil inson etib voyaga yetkaziş yölidagi beqiyos xizmatlaringizni barça ota-onalar, jamoatçiligimiz, butun xalqimiz yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi", – degan sözlari fikrimizning yaqqol tasdiğidir.
Bugun Siz azizlarning kasb bayramingizni keng nişonlar ekanmiz, fursatdan foydalanib, yoş avlodga bilim, taʼlim va tarbiya berişdek maşaqqatli, ammo şarafli mehnatingiz uçun barçamiz samimiy minnatdorçilik bildirişni özimizning insoniy burçimiz deb bilamiz.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Yurtimizda mustaqillik yillarida barça sohalar qatori taʼlim sohasida ham misli körilmagan muvaffaqiyatlarga erişildi. Mamlakatimiz öz taraqqiyotining yangi davriga qadam qöygan hozirgi kunda barça islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib örin egallaşi avvalo ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdoş böla olişimiz bilan uzviy boğliq, desak, heç qanday mubolağa bölmaydi.
Şularni inobatga olgan holda muhtaram Prezidentimiz öz lavozimiga kirişgan ilk kunlardanoq taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratdi. Maktabgaça taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, sohada davlat-xususiy şerikçilik tizimi yölga qöyildi, nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati yöla qöyildi. Natijada ötgan 5-yil içida bolajonlarni maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş körsatkiçi bir neça barobar oşdi.
Maktab taʼlimi ham isloh qilinib, 11 yillik taʼlim tizimi bilan birgalikda Prezident, ijod va ixtisoslaşgan maktablar taşkil qilindi. Pedagog kadrlar va xalq taʼlimi xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimining takomillaştirilişini, uzoqni közlab tatbiq etilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini siz, hurmatli ustoz va murabbiylar albatta hammadan köra yaxşi tuşunasiz.
Sönggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlimning sirtqi va keçki taʼlim turlari yölga qöyilgani, mavjud oliy taʼlim muassasalarining qamrovi oşirilib, yurtimizda köplab xorijiy taʼlim dorgohlarining filiallari iş boşlagani natijasida oliy taʼlimga qamrov körsatkiçlari ham bir neça barobar oşdi.
Eng muhimi, öqituvçilik kasbining jamiyatimizda nufuzi yuksaldi. Ustoz va murabbiylarning oylik iş haqlari oşirib, ularni öz vakolat doirasiga kirmaydigan boşqa işlarga jalb qilişga çek qöyildi.
Davlatimiz va hukumatimizning, jamiyatimizning öqituvçi va murabbiylarga bölgan hurmat va eʼtiborini bugun tumanimizda faoliyat yuritayotgan 85 ta umumtaʼlim maktablari, 117 ta maktabgaça taʼlim muassasalari, 2 ta kasb-hunar maktablari, muhandistlik texnikumi, Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar va ösmirlar sport maktabi kabi dorgohlarda faoliyat yuritayotgan öqituvçi va murabbiylar ham yaqqol his qilmoqdalar, desak ayni haqiqat böladi.
Hurmatli ustozlar!
Qaysi jamiyat öqituvçini, ustoz va murabbiyni hurmat qilsa, öşa jamiyatning kelajagi albatta porloq böladi. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim sohasidagi barça saʼy-harakatlarning asosida “Özbekistonda eng obröli inson – muallim bölişi kerak” degan ğoya yotadi.
Muhtaram Prezidentimizning “Biz maktabgaça taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va örta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi, deb bilamiz. Boğça tarbiyaçisi, maktab muallimi, professor-öqituvçilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyğoniş davrining tört tayanç ustuni, deb hisoblaymiz” degan gaplari Siz azizlarning mehnatlaringizga berilgan yuksak baho va zimmangizga yuklatilgan buyuk vazifadir.
Bundan keyin ham farzandlarimizga zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar asoslarini örgatiş, yuksak insoniy tuyğu va fazilatlarni singdiriş, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş borasida bor kuç-ğayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilişingizga işonamiz.
Siz borsizki, hayotimiz nurafşon, ertangi kunimiz bölmiş farzandlarimizdan könglimiz töq. Fursatdan foydalanib yana bir bora Siz azizlarni, sizlar orqali barça öqituvçi va murabbiylarni kasb bayramingiz bilan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo soğ-omon böling, aziz ustozlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶