25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:07
Jamiyat 👁 314

TUMAN HOKIMI SULTONBOY YOʻLDAShEVGA “QORAQALPOGʻISTON XALQ TAʼLIMI AʼLOChISI” KOʻKRAK NIShONI TOPShIRILDI

TUMAN HOKIMI SULTONBOY YOʻLDAShEVGA “QORAQALPOGʻISTON XALQ TAʼLIMI AʼLOChISI” KOʻKRAK NIShONI TOPShIRILDI

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash, ularning qobiliyat va isteʼdodi, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida tizimli  ishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim sohasi rivoji yoʻlida olib borilayotgan bu kabi islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining oliy taʼlimga qamrov koʻrsatkichining tobora ortib borayotgani fikrimizning isbotidir.
Amudaryo tumanida 2020-2021 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi yanada oshdi. Bunga esa, albatta, taʼlim sohasi rivoji borasidagi islohotlar ijrosini taʼminlash, taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchilar uchun barcha imkoniyatlar hamda sharoitlarning yaratilishi, umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati va samaradorligi oshirilishi natijasida erishildi.
Ustoz va murabbiylar bayrami arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Rustam Reimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Yusupovlar tumanimizga tashrif buyurdilar. Tashrif chogʻida masʼullar Qizilcholi ovulida joylashgan 9-sonli maktabdagi, yaʼni Muxtor Yusupov oʻqigan taʼlim maskanidagi ustozlar hamda oʻquvchilar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda Rustam Reimov soʻzga chiqib, Amudaryo tumanida taʼlim sohasi rivoji yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi. Shu munosabat bilan hamda xalq taʼlimi sohasiga boʻlgan yuksak eʼtibori, sohani yanada taraqqiy ettirishga qoʻshgan beqiyos hissalari uchun tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevga “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi. Rustam Reimov maktab jamoasining kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, bayram bilan muborakbod etdi hamda maktab kutubxonasiga turli adabiyotlar toʻplamini sovgʻa qildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Yusupov oʻzi oʻqigan maktabdagi ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi ishlarida zafarlar tiladi. Muxtor Yusupov maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularni ilm-fan sirlarini chuqur egallashga, kelgusida Vatan xizmatiga yaraydigan komil inson boʻlib yetishishga daʼvat qildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan maktab kutubxonasi hamda oʻquvchilarga turli badiiy adabiyotlar sovgʻa qildi.
Shundan soʻng, masʼullar Muxtor Yusupovning birinchi ustozi, uzoq yillik tajribaga ega boʻlgan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Madrim Utegenovning xonadonida boʻldilar hamda ustozni bayram bilan tabrikladilar. Faxriy ustoz Madrim Utegenovning uzoq yillar davomida olib borgan samarali oʻqituvchilik faoliyati hamda taʼlim tizimini rivojlantirishga qoʻshib kelgan hissalari munosib ragʻbatlantirildi va unga Respublika Xalq taʼlimi vaziri Rustam Reimov “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochi” koʻkrak nishonini topshirdi.


El ardogʻidagi faxriy ustoz Madrim Utegenov bu kabi eʼtibor hamda ragʻbatdan juda minnatdor boʻldi. Shogirdlarining martabasi bundan ham ulugʻ boʻlishini, Vatan xizmati yoʻlidagi masʼuliyatli burchini bajarishda sabr va matonat hamda yangi zafarlar tiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026