25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:04
Jamiyat 👁 400

SUD BINOSIDA SUDYa VA YoShLAR UChRAShUVI TAShKIL ETILDI

SUD BINOSIDA SUDYa VA YoShLAR UChRAShUVI TAShKIL ETILDI

Bugungi kunda yurtimiz jamiyat hayotida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, savodxonligini oshirish va ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash demokratik davlatimizdagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois yoshlarni huquqiy bilimli, dunyoqarashi keng, bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, sud tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joylarda sud masʼullarining yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda va bu boʻyicha Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanmoqda.
8-sentyabr kun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi binosida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 87-sonli 11-sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari bilan sud masʼullarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Jasur Oʻrazboyev, Fuqarolik ishlar boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Qayrulla Atamuradovlar ishtirok etishdi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sud-huquq tizimidagi islohotlardan boxabar etish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, sud binolarida oʻtkaziladigan ochiq sud majlisi jarayoni bilan tanishtirish maqsadidagi ushbu uchrashuvda dastlab sud sohasidagi yangiliklar va qonundagi  yangi oʻzgarishlar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlarga bugungi kunda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida sud tizimida joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ularning imkoniyatlari, sud majlisi ishtirokchilarining sud majlislariga videokonferentsaloqa yordamida ishtirok eta olishi, daʼvo arizasi va boshqa murojaatlarini elektron shaklda taqdim etish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Jasur Oʻrazboyev tomonidan oʻquvchi-yoshlarga jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasini oʻtkazish tartibi, bu borada jinoyat-protsessual qonunchiligi talablari yuzasidan amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida sud raisiga oʻquvchilar sudda ishtirok etish, hujjatlar tayyorlash, sud jarayonining oʻtkazilishi kabilar xususida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.
Undan tashqari, tadbirda ishtirok etgan Fuqarolik ishlar boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Qayrulla Atamuradov ham oʻquvchilarga fuqarolik ishlarini koʻrib chiqish, murojaatlarni qabul qilish, hujjatlarni yuritish tartibi haqida batafsil huquqiy tushunchalar berib oʻtdi.
Sud raisi oʻquvchi-yoshlarga sudning vazifalari, odil sudlovning amalga oshirilishi va boshqa sud ishlariga doir masalalar haqida tushuntirishlar berib oʻtdi. Shuningdek, ularning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari bilan ham tanishdi. Suhbat davomida aksariyat yoshlar huquq yoʻnalishi boʻyicha turli kasblarga qiziqishlari borligini maʼlum qilishdi.
Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlar tuman sudi binosi, sud majlisi zallari, xizmat va boshqa xonalari bilan yaqindan tanishtirildi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026