25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 121

LOYIHA DOIRASIDA UChRAShUV TAShKIL ETILDI

LOYIHA DOIRASIDA UChRAShUV TAShKIL ETILDI

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi doirasida joylarda uchrashuvlar, tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu uchrashuvlarning samarali va mazmunli, keng qamrovli boʻlishi uchun turli soha vakillarini ham loyiha rejalarini amalga oshirish ishlariga jalb qilish koʻzda tutilgan. Shu maqsadda bu masaladagi targʻibot ishlarini olib borish uchun ishchi guruhga jurnalistlar, tibbiyot, maorif xodimlari, Mahalla va  oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassislari ham taklif etildi.

“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni” mavzusidagi navbatdagi uchrashuv mahalla faollari, imomlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, keng jamoatchilik vakillari, 13-sonli maktab oʻqituvchilari, faol oʻquvchi yoshlari ishtirokida “Bogʻ” mahallasida oʻtkazildi.

Uchrashuvda Xalq taʼlimi boʻlimi maʼnaviy-axloqiy bolalarning himoya shoʻʼbasi mudiri Zafar Abdullayev yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda maktabning oʻrni, oʻqituvchilar oldida turgan maʼsul vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Zamonaviy maktablarda bilim olayotgan oʻquvchilar yaratilib qoʻyilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kuch-gʻayratlarini faqat chuqur bilim olishga qaratishi lozimligini alohida taʼkidladi.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining raisi Oʻrozali Reyimov tashkilotning asosiy  vazifasi va maqsadi xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning oʻrni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oshirish, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshish hamda havaskor shoirlar va havaskor yozuvchilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga hissa qoʻshishdan iborat ekanligi haqida gapirib oʻtdi.

Shuningdek, tashkilotning grant loyihasi asosida olib boriladigan ishlar, jumladan, joylarda 42 marotaba maʼnaviyat taʼlim-tarbiya, salomat turmush tarzini yaxshilashga bagʻishlangan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish, turli mavzularda insholar tanlovlarini tashkil qilish va gʻoliblarni moddiy-maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirib borish rejalari bilan uchrashuv qatnashchilarini tanishtirib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman Tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi shifokori Matyoqub Ernazarov salomat turmush tarzini shakllantirish borasidagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Mutaxassisning mulohazalariga koʻra inson hayotda bekam-u koʻst yashay olishi uchun avvalo unga salomatlik kerak. Salomatlik esa oʻz qoʻlimizda. Shaxsiy gigiyenaga amal qilish, turli kasalliklardan har kim oʻzini himoya qila bilishi, yomon illatlardan tiyilishi, ozodalikka har qadamda eʼtibor berish borasida shifokor yigʻilganlarga qimmatli maslahatlarini berib oʻtdi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi Rahmon Bobojonov oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarishda mahallaning, ayniqsa, hayot maktabini oʻtagan yoshi ulugʻ insonlarning roli juda katta ekanligi xususida soʻzladi. Buning uchun joylarda oqsoqollar kengashi bilan jipslikda ish olib borish kerakligini taʼkidlab, kamchiliklarni bartaraf etishda tajribali insonlar oʻgitlariga tayanib ish koʻrishga chaqirdi.

“Bogʻ” mahallasi fuqarolar yigʻini raisasi Maqsuda Rahimova yoshlar tarbiyasi, ularning maʼnaviyatini yuqori darajaga koʻtarish, turli illat va axloqsizliklardan saqlash borasida hududda olib borilayotgan ishlar xususida uchrashuv ishtirokchilarni tanishtirib oʻtdi. U bu boradagi ishlarni yanada samaraliroq amalga oshirish uchun olib borilishi zarur boʻlgan vazifalarga alohida toʻxtaldi.

Mazkur uchrashuvda umumtaʼlim maktablariga yangidan biriktirilgan ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar ham ishtirok etishdi. Ularning vazifasi maktablarda faqat badiiy toʻgaraklarni rivojlantirish emas, balki keng omma orasida ham maʼnaviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borishga qaratilishi lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv ochiq muloqot, savol-javoblar tarzida mazmunli oʻtdi. Shunday uchrashuvlarni kelgusi davrlarda barcha hududlarda oʻtkazib borishga kelishib olindi.

Oʻrozali Reyimov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026