UChRAShUVLARDA AHOLIGA QONUNChILIKDAGI YaNGILIKLAR VA OʻZGARIShLAR TUShUNTIRILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.Kamolov tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha” Yoʻl xaritasining 24-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida sud masʼullari tomonidan tumandagi Navoiy nomli, Chordara, Gulzor mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar davomida aholiga jinoyatchilikning oldini olish, uni sodir etishning oqibatlari, odam savdosi va poraxoʻrlik jinoyatlariga birgalikda kurashish boʻyicha tushuntchalar berildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar xususida maʼlumot berib oʻtildi. Jumladan, Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, shuningdek, “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶