TADBIRKORLAR MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA
Bosh vazirning tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar qabulxona huzuridagi tadbirkorlarning jamoatchilik Kengashi tomonidan muntazam ravishda tahlil qilinib, tumanda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish borasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Joriy yilning 1-iyul sanasiga qadar qabulxona tomonidan hududlarda 26 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Tashkil etilgan sayyor qabullar hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan jami 106 ta masala boʻyicha 104 ta murojaatlar roʻyxatga olingan. Roʻyxatga olingan 104 murojaatlardagi 106 ta masalalardan 62 tasi, yaʼni 58 foizi qanoatlantirilgan, 44 tasiga tushuntirishlar berilgan.
Mazkur murojaatlarning 53 tasi, yaʼni 50 foizi kredit masalasida, shundan “Har bir oila tadbirkor” dasturi boʻyicha 41 ta, tadbirkorlik faoliyatiga kredit olish uchun 12 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 34 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasiga tushuntirish berilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ogʻir, sinovli kunlarda, yaʼni koronavirus pandemiyasi barcha sohalar rivojiga oʻzining zararli taʼsirini oʻtkazayotgan davrda tadbirkorlik va ishbilarmonlik har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.
M.OʻROZBOYeV, Tadbirkorlarning jamoatchilik Kengashi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶