Amudaryo tumanidagi sektorlarda aholi murojaatlari böyiça sayyor qabullar ötkazildi
27-iyul kuni Amudaryo tumanidagi sektorlarda aholi murojaatlari böyiça sayyor qabullar taşkil etildi.
2-sektor hududidagi Dörman ovulida aholi muammolarini örganiş böyiça sayyor qabul ötkazildi. Sayyor qabulda tuman prokurori, sektor rahbari Javlon Muftullayev, muassasa va taşkilotlar masʼullari hamda ovul aholi vakillari iştirok etdilar. Qabul jarayonida fuqarolardan 15 ga yaqin murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlardagi masalalar ovuldagi yöllar, köpriklar, elektr simyoğoçlarini taʼmirlaşga, banligini taʼminlaşga, elektr hisoblagiç örnatişda, 20-sonli maktab kutubxonasi va oşxonasini taʼmirlaş hamda faollar zali qurilişida, joy örin olişda amaliy yordam beriş mazmunida böldi. Murojaatlarni ijobiy hal qiliş böyiça tegişli taşkilotlar bilan kelişib olindi.
Şuningdek, aholi muammolarini örganiş maqsadidagi sayyor qabul tumandagi 3-sektor hududiga qaraşli Bobur ovulida ham taşkil etildi. Ovul fuqarolar yiğini binosida ötkazilgan qabul jarayoniga aholi vakillari katta qiziqiş bilan iştirok etdilar. Mutasaddilar insonlarni qiynayotgan muammoli masalalarni tingladilar hamda muroaatlarni qabul qildilar. Sayyor qabulda tuman Içki işlar bölimi boşliği, sektor rahbari Uluğbek Xudayberganov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov hamda aholi vakillari qatnaşdilar.
Sayyor qabulda 31 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari körib çiqildi. Qabul jarayonida içki işlar, kadastr, yer, moddiy yordam, kredit, tibbiyot, bandlik masalalari böyiça murojaatlar örganildi. Muammoli masalalar tegişliça hal qilinadigan böldi. Qator murojaatlar şu yerning özida yeçimini topdi. Jumladan, Muhabbat Abduxalikovaning 2-guruh nogironi bölgan farzandiga bir martalik moddiy yordam puli oliş haqidagi, "Ayollar daftari" röyxatida turuvçi Nazokat Jumamuratovaning jismoniy imkoniyati çeklangan farzandiga kompyuter olib berişda amaliy yordam beriş haqidagi murojaatlari şu kunning özida ijobiy hal qilindi.
4-sektor hududidagi Navoiy mahallasida ham insonlarni qiynayotgan muammolarni örganiş böyiça sayyor qabul ötkazildi. Sayyor qabulda tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği, sektor raxbari Aydos Seitov, tuman hokimining birinçi örinbosari Maʼmur Temirbayev xamda masʼul idora va taşkilotlar mutasaddilari, aholi vakillari iştirok etdilar.
Ötkazilgan sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan qator muammolar va turli sohalar böyiça takliflar örganildi. Muammoli masalalar asosan işsizlik, elektr taʼminoti, obodonlaştiriş va içki yullarni taʼmirlaş mazmunida bölib, ularni ijobiy hal etiş yuzasidan tegişli idora va taşkilotlarga topşiriklar berildi. Masʼullar aholi murojaatlarini joyiga çiqib, uyma-uy yurgan holda örgandilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶