16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 22:58
Jamiyat 👁 181

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrigi

Aziz vatandoshlar, qadrli yurtdoshlar!

Bugun butun musulmon olami qatori xalqimiz ham muqaddas islom dinidagi qutlugʻ bayram - Qurbon hayitini keng nishonlamoqda.

Necha asrlar davomida xalqimizning qalbidan mustahkam oʻrin olgan, iymon-eʼtiqodini yuksaltirib, jamiyatimizda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va xayr-sahovat tuygʻularining barqaror boʻlishiga xizmat qilib kelayotgan ushbu muqaddas bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklayman!

Bu qutlugʻ bayramning, umuman, islom dinining mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan sabr-qanoat va shukronalik, mehr-sahovat va bagʻrikenglik, tinchlik va osoyishtalikning, sogʻlik va salomatlikning qadriga yetish va boshqa koʻplab insoniy fazilatlar hamda hislatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, desak yanglishmaymiz.

Hayit ayyomida yaqinlarni yoʻqlash, ehtiyojmand oilalarga yordam qoʻlini choʻzish, oʻtganlar ruhiga Qurʼon tilovat qilish, yoshi ulugʻlarning duolarini olish kabi islomiy va insoniy fazilatlar yanada yaqqolroq namoyon boʻladi.

Afsuski, koronavirus pandemiyasi bu yil ham Qurbon hayiti bilan bogʻliq marosimlarni ommaviy miqyosda oʻtkazish, Hayit namozini jamoat boʻlib ado etishga maʼlum darajada toʻsqinlik qilmoqda. Mavjud vaziyatni toʻgʻri tushungan xalqimiz butun dunyodan ushbu ofatning tezroq ketishi, xalqimzning farovonligi va yurtimiz rivoji bundan ham ziyoda boʻlishini tilab duolar qilmoqda.

Muqaddas dinimizda insonlar doimo poklik va tozalikka buyurilgan. Asrlar osha mana shu tamoyilga amal qilib kelayotgan xalqimiz bugun ham hovli va uy-joylar, koʻcha va guzarlar, ovul va mahallar, qabriston va muqaddas qadamjolar saranjom-sarishtaligi, obodligiga katta eʼtibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari va hukumatimizning hududlarni obodonlashtirish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan yaxshilash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirayotgan ishlari ham ana shu ezgu maqsad bilan hamohangdir. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishiga oz fursatlar qolgan ushbu kunlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Aziz yurtdoshlar!

Fursatdan foydalanib ushbu muqaddas ayyom bilan barcha vatandoshlarimizni, moʻmin-musulmonlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga salomatlik va farovonlik, oilalarimizga baxt-u saodat soʻrab duoga qoʻl ochgan har bir yurtdoshimizning duolari mustajob, niyatlari ijobat boʻlsin! Qilayotgan qurbonlik va ehsonlaringiz Olloh dargohida qabul, murodingiz hosil boʻlsin!

Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019