25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:41
Jamiyat 👁 297

TUMAN GAZETASINING BIRINChI MUHARRIRI

TUMAN GAZETASINING BIRINChI MUHARRIRI

Darhaqiqat, tumanimizdagi barcha jurnalistlarning ustozi, tajribali jurnalist va muharrir Sobir Yusupov tuman matbuotida oʻzidan oʻchmas iz qoldirdi. Agar hayot boʻlganlarida bu yil tabarruk yuz yoshini birgalikda nishonlagan boʻlardik.

Rahmatli ustozim Sobir Yusupov Xitoy qishlogʻida tugʻilib, taʼlim-tarbiya olgan, yoshligidan matbuotga, jurnalistikaga juda qiziqqan. U 1940-yildan oldin “Sotsializm yoʻli” tuman gazetasida ishlay boshlagan. Oddiy xodimlikdan muharrirlik darajasiga yetishgan. Yurtimizni fashistlardan ozod etishda ham ishtirok etgan. Urushdan yarador boʻlib qaytgach, yana “Sotsializm yoʻli” gazetasida jurnalistlik faoliyatini davom ettirgan.

1957-yilning dekabr oyi oxirida Xorazm viloyatining Mangʻit va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qarashli Qipchoq tumanlari birlashtirilgan, oʻsha paytda Sobir Yusupov Qipchoq tumani vakili sifatida yangi tumanga nom tanlash hayʼatida qatnashgan. Yoʻldosh Fayzullayev esa Mangʻit tumani vakili boʻlgan. Rahmatli Yoʻldosh Fayzullayev suhbatlarning birida “tumanga Amudaryo deb nom berishni S.Yusupov taklif etdi” degandilar.

1958-yilning yanvar oyidan boshlab, yangi tumanda “Amudaryo haqiqati” degan gazeta tashkil etilib, uning birinchi muharriri ustozimiz Sobir Yusupov boʻlganlar. Men ustoz bilan 1958-yilning fevral oylarida tahririyatda tanishganman. Ustoz menga maqola va sheʼrlar yozish boʻyicha maslahatlar berar, xabar, maqolalarimni gazetada yoritib, ragʻbatlantirar edi, 1960-yildan tuman gazetalari tugatilib, tumanlararo gazeta “Kommunizm gʻalabasi” chiqa boshladi. Bu  davrlarda ustoz partiya va kasaba uyushma tashkilotlarida ishladi.

1965-yilning iyul oyidan tuman gazetalari qayta tashkil qilindi. Shu yili Sobir Yusupov yana “Amudaryo haqiqati” gazetasi muharriri boʻlib ishlay boshladi. Ustoz meni 1966-yil yanvar oyida gazetaga ishga taklif etdi. Dastlab adabiy xodim, keyinchalik boʻlim mudiri vazifalarida birgalikda ishlaganmiz.

Ustoz Sobir Yusupovning shogirdlari juda koʻp edi. Tursunboy Davlatboyev, Sobir Qutlimurodov, Nurilla Xudoyorov, Qodir Ollamurodov, Yoʻldosh Ernazarov, Jumamurod Erimmatov, Gulnora Matyoqubova, Safo Matchonov, Tursunboy Sultonov, Qurbonboy Ollamurodov, Ollambergan Jumaniyozov, Guljon Kenjaboyeva, Bibihojar Doʻsniyozovalar Sobir Yusupovda saboq olgan, munosib shogirdlari edilar.

1975-yilda ustoz Sobir Yusupovni tuman partiya tashkilotiga ishga olishdi, u yerda targʻibot boʻlimi mudiri oʻrinbosari boʻlib ishladi. Keyinchalik pensiyaga chiqdi. 1985-87-yillarda, yaʼni vafot etguniga qadar yana “Amudaryo haqiqati” gazetasida maxsus muxbir boʻlib, samarali ishladi.

Qadrdon ustozimiz maqolalar yozish bilan birgalikda sheʼrlar ham yozardi, shu boisdan u gazetaga muharrirlik qilgan paytda “Adabiyot sahifasi” oyda ikki-uch marta chiqardi. Tayyorlab berilgan sheʼr va hikoyalar gazetaning barcha sonlarida yoritilib turilardi. 1985-87-yillarda gazetada ustozning juda koʻp tuyuqlari yoritildi, shu jumladan, sheʼrlari ham. Yoritilgan ijod namunalari ikki kitob qilib bosishga yetadi, chamamda. Bularning bari ustozdan qolgan oʻchmas izlardir. Shuningdek, u Toʻxta momomiz bilan uzoq yashab farzandlar, nevaralar koʻrishdi. Ayni kunda chevaralari ham jamiyatimizning faol aʼzolaridan biri. Nevarasi Zumrad Bekatova esa ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati boʻlib, elimizga xizmat qilmoqda.

Ushbu maqolani yozishdan maqsad, ustoz ruhiga yana bir marta ehtirom koʻrsatmoq, zamondoshlarining, shogirdlarining u haqdagi xotiralarini gazetada yoritilishiga turtki boʻlishdir. Biz uchun qadrli boʻlgan ustozimizning 100 yillik yubiley tadbirini kuz oylarida oʻtkazish niyatimiz bor.

Ilohim, ruhingiz shod, iymoningiz hamroh, oxiratingiz obod boʻlsin, Ustoz!

 

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV,

faxriy jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026