25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:50
Jamiyat 👁 238

TUMAN MATBUOTI – BETIMSOL MAʼNAVIYaT TARFIBOTChISI

TUMAN MATBUOTI – BETIMSOL MAʼNAVIYaT TARFIBOTChISI

Insoniyat paydo boʻlibdiki, axborotga boʻlgan tashnalik uni bir zum ham tark etgan emas. Imo-ishora, buyumlar vositasida biri-biriga yangiliklarni yetkazishga harakat qilgan insonlar zamonlar oʻtishi bilan axborotga boʻlgan tashnalikni qondiruvchi yangi-yangi vositalarni ixtiro etishdi. Daraxtlarga, devorlarga, hayvonlar terisiga bitilgan ilk xabarnomalar ibtidoiy jamiyatning taraqqiyotini taʼminladi, yozuv paydo boʻlishi bilan birmuncha madaniy-maʼrifiy xususiyatga ega matbuot shakllandi.

Oʻzbek zaminida esa XVasr oʻrtalarida zamonaviy jurnalistikaga asos solindi. Salkam 600-yildirki, oʻzbek matbuoti ijod va tafakkurning taʼsirchan muhitida shakllanib, el-u xalqimizning manfaati, kelajagini koʻzlab, amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan jamiki ezgu ishlarning ilhomchisi boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada gap ketganida yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda taʼmin etish uchun zarur boʻlgan davlat boshqaruvi hamda xalq oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlashda tumanimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari, tom maʼnoda jonkuyarlik va fidoyilik timsollariga aylanib ulgurganini mamnuniyat bilan eʼtirof  etgimiz keladi. Oʻzining 87 yillik tarixiga ega, 1934-yildan beri zamon talabidan kelib chiqib, turli nomlarda chop etilib kelinayotgan tuman gazetasi - “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” tumanda va Respublika miqyosida eng namunali va oʻqishli, shu bilan birga oʻz davriyligini yoʻqotmagan matbuot nashri sifatida xalq qalbidan munosib joy oldi. Gazeta tahririyati va uning ishchan tashabbuskor ijodiy jamoasi fidoyiligi tufayli bugungi kunda tahririyat huzuridagi “Jayxun ilhomlari” NNT, 2012-yilda Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib, internet tarmogʻida mustaqil OAV sifatida oʻz faoliyatini boshlagan www.amunews.uz veb sayti oʻzining ming-minglab muxlislariga, xolis kuzatuvchilariga ega.

Mamlakatimizda koʻplab tuman va shahar gazetalari tahririyatlari oʻtish davri qiyinchiliklari, iqtisodiy taqchilliklar sababli oʻz davriyligini taʼminlay olmay qolgan bir sharoitda, cheksiz iftixor va mamnuniyat bilan qayd etamizki, Amudaryo tumanida nafaqat bosma nashrlar, balki tom maʼnoda Amudaryo tuman matbuoti shakllandi va taraqqiyot bosqichiga kirdi.

Anʼanaviy axborot vositalari boʻlmish “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari televideniye, internet jurnalistikasi mahsuli boʻlmish www.amunews.uz veb sayti milliy axborot maydonida tobora mustahkam oʻrin egallab, zamon talablari asosida yangilanib bormoqda.

Bugungi kunda oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirayotgan tuman OAVlarining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini, samaradorligini yanada oshirish, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangilash, texnik-texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, iqtidorli jurnalist kadrlar safini oshirish, soha xodimlarining mehnatini moddiy, maʼnaviy ragʻbatlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, televideniye dasturlarining davriyligini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor tufayli 2010-yilning sentyabr oyida haftasiga 3 kun, kuniga 2 soatdan iborat koʻrsatuvlar efirga uzatilgan boʻlsa, 2014-yilning 2-choragidan asosiy efir vaqti davomiyligi 12 soatdan 20 soatga yetkazildi. 2019-yilning yanvar oyidan esa analog tizimdan raqamli formatga oʻtilgach, Mangʻit, Nukus, Qoʻngʻirot, Moʻynoq shaharlaridagi raqamli televizion stantsiyalari orqali koʻrsatuvlar kuniga 18 soat efirga uzatilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo televideniyesi oʻz koʻrsatuvlari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, hatto qardosh Turkmaniston Respublikasining ayrim tumanlari xonadonlariga kirib bordi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, Amudaryo televideniyesining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tumanimiz hayotiga oid yangiliklar bilan tanishish istagida boʻlgan obunachilar safi kun sayin oshib bormoqda. Jurnalistika sohasiga katta qiziqish bilan kirib kelayotgan iqtidorli ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlanib, efirga uzatilayotgan “Zamin” informatsion dasturi, “Xabar.uz”, “Yangiliklar” dasturlari, shuningdek, “Kun mavzusi”, “Odoblar xazinasi”,  “Koʻngil mulki” kabi adabiy-badiiy hamda madaniy-maʼrifiy mavzulardagi koʻrsatuvlar, jonli ijrodagi kontsert dasturlari allaqachon oʻz muxlislarini topgan.

“Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb sayti, Amudaryo televideniyesi birlashgan tahririyatlari ijodiy jamoalari tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tufayli bugungi kunda Amudaryo tumani matbuoti jadal rivojlanibgina qolmay, yetuk va iqtidorli ijodkor yoshlar pleyadasi ham yetishib kelayotgani koʻngillarga quvonch bagʻishlaydi. Ustoz-shogird anʼanasini  intellektual mulk sifatida qadrlaydigan ijodiy jamoa tomonidan har yili Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant loyihalari muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilib kelinayotgani bois, amudaryolik ijodkor yoshlarning ilk sheʼriy va nasriy toʻplamlari tahririyat qoshidagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi nashriyoti orqali chop etilib, ommaga taqdim etilmoqda.

Ayni paytda “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari 2635 nusxada chop etilib, obunachilariga oʻz vaqtida tarqatilmoqda. “ATV” telekanali koʻrsatuvlarining sifat va salmogʻi tobora oshib, qamrov hududi kengayib bormoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, tumanimizda bosma nashrlar, televideniye,  internet jurnalistika sohasi ham jadal rivojlanib, qamrov auditoriyasi kengayib, xalqimizni yangi marralar sari ruhlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda qudratli targʻibotchi sifatida har bir qalbdan munosib joy olgan va bu har bitta amudaryolikning betimsol maʼnaviy boyligidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026