“Ayollar daftari”ni yangidan şakllantiriş masalasiga bağişlangan seminar bölib ötdi
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining aholi turmuş darajasiga salbiy taʼsirini yumşatiş, aholini ijtimoiy himoya qiliş va kömakka muhtoj oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu yönalişda manzilli, har bir şaxs bilan individual va tizimli ravişda muntazam iş olib borişni taşkil qiliş maqsadida moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalar böyiça — “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qöllab-quvvatlaşga, bilim va kasb-hunar örganişga ehtiyoji va iştiyoqi bölgan xotin-qizlar va yoşlar böyiça tegişliça “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.
Amudaryo tumanida ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tuzilgan “Ayollar daftari”ga 1832 nafar kömakka muhtoj xotin-qizlar kiritilgan edi. Joriy yilning 20-may holatiga uşbu röyxatdagi barça yordamga ehtiyoji bor ayollar ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik qöllab-quvvatlanib, bandligi taʼminlandi hamda 1832 nafar yordamga muhtoj ayol-qizlar “Ayollar daftari”dan çiqarildi.
Yaqinda tuman hokimligining majlislar zalida uşbu “Ayollar daftari”ni yangidan şakllantiriş masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Seminarda tumandagi sektorlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari, muassasalar, korxona-taşkilotlar mutasaddilari, şuningdek, mahallalarda xonadonma-xonadon yuriş orqali xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqişlarini örganiş böyiça tuzilgan işçi guruh aʼzolari iştirok etdilar.
Aytiş joizki, seminarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida tuşunçalar berildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda aholi, şu jumladan, xotin-qizlar va yoşlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmuş şaroiti oğir, işsiz va kasb-hunarga ega bölmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qöllab-quvvatlaşga zarurati bölgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli kömaklaşiş böyiça mutlaqo yangiça tizim joriy qilindi. Bu borada hududlarda taşkil qilingan “Ayollar daftari” asosida har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar tizimli ravişda qöllab-quvvatlandi.
Seminarda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova xotin-qizlar muammolarini örganiş hamda ikkinçi “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar röyxatini şakllantiriş yuzasidan oldinda turgan vazifalar xususida söz yuritdi.
1-10-iyul kunlari oraliğida mahallalarda taşkil etilgan işçi guruhlar xonadonma-xonadon yurib, ayol-qizlarning muammolarini örganişlari lozimligi, har bir yordamga muhtoj xotin-qizlar individual tarzda sörovnoma töldirişlari kerakligi hamda ularni tuman ştabiga taqdim etişlari lozimligi qayd etildi. Qolaversa, uşbu yönalişdagi işlarni öz vaqtida olib borişda barça mutasaddi rahbarlar amaliy yordam berişlari, masʼul korxona-taşkilotlar hamkorlikda iş yuritişlari kerakligi taʼkidlandi.
Şuningdek, uçraşuvda aholi, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarning hayot va turmuş şaroitidagi muammolarini aniqlaş, yakka tartibda işlaş orqali ularning hayot tarzini yaxşilaş hamda ijtimoiy faolligini oşiriş, şuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qiliş borasidagi çora-tadbirlar tizimli ravişda davom ettirilişi aytib ötildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶