NOHAQ IShDAN BOʻShATILGAN XODIM SUD TOMONIDAN IShGA QAYTA TIKLANDI
Ishga qayta tiklash, noilojdan qilgan proguli uchun haq undirish kabi mehnat nizolarga bogʻliq ishlar daʼvogarlarning arizalariga asosan va amaldagi qonunlar bilan belgilangan boshqa holatlarda bevosita sudda koʻriladi.
Shu yil 9-mart kuni Fuqarolik ishlar boʻyicha tuman sudi tomonidan daʼvogar J. ismli shaxsning ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi va 5 mln. soʻm maʼnaviy zarar undirish haqidagi daʼvo arizasi koʻrib chiqildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi 12-sonli Qarorining 42-bandida Mehnat shartnomasi MK 100-moddasi 2-qismining 1,2 va 6-bandlari, shuningdek 106-moddasining 2-bandi asosida bekor qilinayotganda ish beruvchi xodimni shu korxonaning oʻzida ishga joylashtirish choralarini koʻrishga majbur, deb koʻrsatilgan. Agar xodim malakasi yetarli boʻlmaganligi uchun bajarayotgan ishiga noloyiq deb topilganligi sababli MK 100-moddasi 2-qismining 2-bandiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan boʻlsa, unga mutaxassisligi boʻyicha kamroq malakali ish taklif etilishi, u ham mavjud boʻlmasa, korxonada mavjud boʻlgan kamroq malakali boshqa ish taklif etiladi.
Sud davomida daʼvogarning nohaq ishdan boʻshatilgani tegishli hujjatlar va boshqa dalillar yordamida oʻz isbotini topdi.
Sud qaroriga koʻra nohaq ishdan boʻshatilgan xodim oʻz oʻrniga qayta tiklanib, adolat qaror topdi.
Q. Atamurodov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶