YaNGI BARPO ETILGAN XOTIRA XIYoBONIDA BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
Uruş faxriylari xotirasini eʼzozlaş maqsadida hamda yurt tinçligi uçun jonini fido qilgan insonlarga nisbatan xalqimizning hurmat-ehtiromi ifodasi sifatida tuman markazida Xotira xiyoboni barpo etildi.
Maydonda Motamsaro ona haykali qad rostlagan, zamonaviy meʼmorlik anʼanalarini özida mujassamlaştirgan keng ayvon barpo etilgan va içki devoriga Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan amudaryolik jangçilarning ism-şariflari zarhal harflar bilan bitib qöyilgan. Keng maydonga ötiş yölagi böyida qurilgan favvoralardan otilib çiqayotgan zilol suv atrofga musaffolik bağişlab turganligi kişi ruhini kötaradi.
Şuningdek, yölaklar böylari turli manzarali gullar bilan bezatilgan.
Şu yilning 8-may kuni Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan ajdodlarimiz xotirasiga atab bunyod etilgan uşbu Xotira xiyobonining oçiliş marosimi va 9-may sanasiga bağişlangan “Xotira – aziz, qadr – muqaddas” deb nomlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Marosimda tuman hokimi S.Yöldaşev, tuman hokimi örinbosarlari, Mudofaa bölimi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar masʼullari, korxona, taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari, front orti mehnat faxriylari, afğon uruşi faxriylari va yoşlar iştirok etdilar.
Bayramona bezatilgan maydon oldida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan yuguriş böyiça ötkazilgan marafon ğoliblari saf tortdi. Tinçlikni tarannum etuvçi jangovar musiqa sadolari ostida tuman hokimi marafon ğoliblarini qutlab, qimmatbaho sovğalar topşirdi.
Şu kuni uşbu xiyobon bağrida böy tiklagan yana bir muhtaşam bino – ikki qavatli, zamonaviylik va milliylikni özida aks ettirgan tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi ham tantanali ravişda oçildi. Tuman mahalliy byudjeti mablağlari hisobidan qurilgan, 300 dan ortiq eksponatlarni özida jamlagan muzey tumanimiz maʼnaviy hayotida ulkan ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan maxsus bayram kontserti namoyiş etildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶