MUSTAHKAM BINOLAR XAVFSIZ BOʻLADI
Yurtimizda keyingi paytlarda yangi va zamonaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Ammo eʼtibor berib qaralsa, qurilayotgan binolarning koʻpchiligida xavfsizlikka eʼtibor kamaygan.
Bir-biriga yaqin qurilgan ayrim binolarning oraligʻidagi yongʻinga qarshi masofalari, yoʻllar, xavfsizlik yoʻlaklari uchun joy ajratish unutilgan. Meʼyoriy jihatlar talablariga zid ravishda qurilayotgan uylardagi yongʻin chiqishiga sabab boʻluvchi holatlarni koʻrish mumkin. Chunki ayrim koʻp qavatli binolarning isitish tizimi, yongʻinga qarshi oraliq masofa qoldirilmaganligi, xonalardagi isitish pechlari, dudburonlarning yongʻin xavfsizligi meʼyor va qoidalari talablariga mos kelmasligi, notoʻgʻri qurilganligi, havo tortish yoʻllarining yoʻqligi singari omillar mavjud.
Belgilangan qoidalarga toʻla amal qilingan holdagina mustahkam, mukammal va albatta, xavfsiz binolar quriladi. Bu esa har qanday xavfning oldini olishga xizmat qiladi.
B.Allabergenov, tuman FVB NTB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶