25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 08:27
Jamiyat 👁 232

TADBIRKORLIK ASOSLARI BOʻYIChA OʻQIGAN YoShLARGA SERTIFIKATLAR BERILDI

TADBIRKORLIK ASOSLARI BOʻYIChA OʻQIGAN YoShLARGA SERTIFIKATLAR BERILDI

Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 25-dekabr kuni oʻtkazilgan “Oʻzbekiston yoshlari forumi”da yoshlarga ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini taʼminlash boʻyicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

Ushbu tashabbus  doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, bu borada  koʻnikmalarga oʻqitishni tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga  1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish orqali mamlakatimizda 2021-yil davomida 500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash vazifasi belgilab berilgan edi.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun hududlarda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʻqitishning yangi tizimi joriy etildi.

Bugungi kunda tumanimizda ham yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularga yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish, kasb-hunarli qilish, taʼlim sifatini oshirish, davlat va jamiyatga yetuk kadrlarni yetishtirib berish maqsadida barcha imkoniyatlar safarbar etilib, yoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Sektorlar va mahallalar kesimida “Yoshlar daftar”lari shakllantirilib, ishsiz va uyushmagan yoshlar mehnat bozorida talabi yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitilmoqda.

Yaqinda tuman hokimligining majlislar zalida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar – 1+1” dasturi doirasida ishsiz, uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Temirboyev, yoshlar masalalari boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosari M.Shermetov, tuman Prokuraturasi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi J.Davletov, tuman savdo-sanoat palatasi boʻlimidan K.Eshmanov, aktsionerlik-tijorat “Mikrokreditbank”ning  tuman boʻlimidan N.Rasulov, “Xalq banki” tuman boʻlimidan R.Saparniyozov hamda bir guruh yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyiliga koʻra, “Yoshlar – 1+1” dasturi doirasida tumanda tashkil etilgan 48 soatlik oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga sertifikatlar berildi.

Ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan mazkur oʻquv kursida tumanimiz mahallalarida shakllantirilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 52 nafar yosh tadbirkorlik va kasb-hunar koʻnikmalariga oʻqitilib, ularga masʼullar tomonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarga oʻz tadbirkorligini boshlashlari uchun biznes-loyihalarini ishlab chiqish, kredit olish va kredit mablagʻlarini maqsadli, rejali sarflash boʻyicha mutaxassislar tomonidan zarur tushuncha va tavsiyalar ham  berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026