“PIRLS 2021” ASOSIY TADQIQOTI ÖTKAZILDI
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholaş xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan 16-sonli IDUMda tadqiqot sinovi ötkazildi.
5-aprel kuni taʼlim muassasalarining boşlanğiç sinfi öquvçilari tört yil mobaynida qay darajada bilimga ega bölganliklarini aniqlaş maqsadida ötkazilgan uşbu tadqiqotda tumanimizdagi 16-sonli IDUMning 4-“B” sinfida tahsil oluvçi öquvçilar hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari iştirok etdi.
PIRLS asosiy tadqiqoti qoğoz şaklida ötkazildi. Unda 4-sinf öquvçilari matnni öqib tuşuniş darajalarini baholovçi test topşiriqlarini bajardilar hamda taʼlimga qiziqişlari, uy va maktab şaroitlari töğrisidagi şaxsiy fikrlarini namoyon etuvçi öquvçi sörovnomasini töldirdilar.

Şuningdek, iştirokçi maktab rahbarlari va tanlangan sinf rahbarlari taʼlim muassasasidagi taʼlim muhitini örganuvçi maktab va öqituvçi sörovnomasini, öquvçilarning ota-onalari esa farzandlarining taʼlim oliş şaroitlarini örganuvçi “Ilk örganiş sörovnomasi”ni töldirib berdi. Tadqiqotni ötkazişga masʼul qilib belgilangan test administratori Milliy markazi boş mutaxassisi K.Mamajonov, kuzatuvçi Törtkul tumani XTB TSMB inspektor-metodisti X.Qurbaniyazov va maktab koordinatori G.Pirmanovalar hamkorlikda asosiy sinov jarayonini eng yuqori standart va belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda ajratilgan vaqtda sifatli ötkazdilar. Tadqiqot yakunida Milliy sifat test administratori, nazoratçi va maktab koordinatori tomonidan birgalikda materiallarni tegişli tartibda rasmiylaştirilib, direktor tomonidan muhrladi.
Öquvçilar va ularning ota-onalari PIRLS asosiy tadqiqotlarida iştirok qilganligidan mamnun böldilar.
R.Xolmurodov, XTB taʼlim sifati monitoringi boş inspektor-metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶