25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 10:24
Jamiyat 👁 93

AYoLNI QANChA ULUGʻLASAK, ShUNChA OZ!

AYoLNI QANChA ULUGʻLASAK, ShUNChA OZ!

Ayol! U – avvalo ona. Ayol – bu olam  munavvarligi! Ayol – bu goʻzallik timsoli! Ayol – bu mardlik, matonat, oriyat va fidoiylikdir. Ayol bor joyda muhabbat niholi unib-oʻsadi, ayol bor joyda pokizalik, qut-baraka, fayz-ziyo boʻladi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi faolligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanimizda ham ayollar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sektor rahbarlari, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari  hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar sektor shtablarining kotiblari tomonidan “Mahalla” yagona axborot tizimi dasturiga kiritildi.

Tumandagi 1528  nafar yakka tartibdagi tadbirkordan 681 nafari (45 foiz) xotin-qizlardir. Shu bois, xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 21  ta loyihaga jami 644 mln. soʻmlik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturlar doirasida 1385 ta loyihaga 52 mlrd. 513 mln.  soʻmlik kreditlar ajratildi. Oʻtgan yili 143  nafar xotin-qizlar kasb-hunarga va hayotga ruhlantirish (motivatsiya berish) boʻyicha oʻqitilgan boʻlsa, 2021-yilda umuman boshqa uslubda, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 8-oktyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida jamiyatda ayollarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar qatorida “Ayollar daftari” asosida ish olib borish vazifasi belgilab berildi.                                                                                                                                            Bugungi kunda “Ayollar daftari”ga kritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va kredit olishga koʻmaklashishni soʻragan 501 nafar ayollardan 241 nafariga tadbirkorlik koʻnikmalari va biznes loyihalari tuzishni oʻrgatish, ularning barchasiga kredit olishda hamda tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishlarida koʻmaklashish, 305 nafar ayolning tomorqasida yengil bichimdagi issiqxonalar oʻrnatish va parranda boqishni yoʻlga qoʻyish orqali bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini fuqarolar ongiga singdirish,  reproduktiv salomatlikni mustahkamlash,  sogʻlom farzandlar tugʻilishi, ona va bola salomatligini  muhofaza qilish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish hamda FHDYo boʻlimiga nikohdan oʻtish uchun ariza bergan  nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha 4 kun davomida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida belgilangan oʻquv rejasi asosida  oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning yetuk inson, barkamol avlod sifatida shakllanishi oila muhitidan, ayoldan boshlanadi. Xohlaymizmi, yoʻqmi, bizning mentalitetda oila muhitini, turmush tarzini ayol yaratadi. Bola tili chiqmasidan avval ham, tili chiqqanidan keyin ham ona bilan boʻladi. Tabiatan onaning maʼnaviyati, axloqi, savodxonligi bolaning qon-qoniga singib boradi. Shunday ekan, sogʻlom avlod tarbiyasida ayolning roli juda katta ekanligi inkor etib boʻlmaydigan haqiqatdir. Demak, Ayolni, Onani sharaflash, ardoqlash nainki har birimizning, xalqimizning ham burchidir.

Qadrli opa-singillar! “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni urf-odatlarimizga zid xatti-harakatlardan qaytarishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olgan islohotlarni amalga oshirish jarayonidagi faoliyatlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Barchangizga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak boʻlsin, aziz opa-singillar!

Muqaddas BEKNAZAROVA, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026