«IJRO.GOV.UZ» ELEKTRON DASTURI TUMAN ADLIYa BOʻLIMLARI EʼTIBORIDA BOʻLADI
Yaqinda Prezidentimiz tomonidan “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan Adliya vazirligiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini «Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda» rukni ostida keng yoritib borilishini taʼminlash topshirildi.
Shu jumladan «Yuksalish» umummilliy harakati va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ishtirokida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish va boshqa masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi koʻpgina vazifalar yuklandi.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, Farmon bilan «Ijro.gov.uz» tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan «Ijro.gov.uz» tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, bu borada Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik qonunchilikka muvofiq intizomiy, maʼmuriy va boshqa javobgarlik choralarini qoʻllash uchun asos boʻlishi alohida belgilab qoʻyildi.
2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oshiriladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶