VOYaGA YeTMAGANLAR IŞLARI BÖYIÇA IDORALARARO KOMISSIYa YIĞILIŞI ÖTKAZILDI
Tuman hokimligi majlislar zalida voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman idoralararo komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
15-fevral kuni ötkazilgan uşbu yiğilişda maktablardagi davomat va voyaga yetmaganlarning xorijiy davlatlarga ruxsatsiz çiqib ketişining oldini olişga doir masala körib çiqildi. Unda tuman hokimi örinbosari, Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo komissiya raisining örinbosari M.Şermetov, komissiya masʼul kotibi J.Xolmurodov hamda komissiyaning boşqa aʼzolari, taʼlim muassasasi, fuqarolar yiğini masʼullari, öqituvçilar iştirok etdilar.
Yiğilişda Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo komissiya raisining örinbosari M.Şermetov mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qiliş, ular tarbiyasiga, komil insonlar bölib voyaga yetişlariga alohida eʼtibor qaratiş muhim vazifalardan biri hisoblanişni taʼkidlab, Prezidentimiz rahnamoligida yoşlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlaşga qaratilgan izçil işlar amalga oşirilayotgani xususida alohida töxtaldi.
Şuningdek, masʼullar tumandagi umumtaʼlim maktablaridan birida yuqori sinfda taʼlim olayotgan öquvçini onasi taʼlim olişiga imkoniyat yaratib beriş örniga eʼtiborsizlik qilib, Rossiya federatsiyasiga jönatib yuborganligi, uşbu xatti-harakatlarning qonunga zidligi, ötgan davr mobaynida öquvçining muntazam ravişda, heç qanday sababsiz darslarga qatnaşmay kelayotganligi, buning sabablari muhokama qilindi. Uşbu holat böyiça öquvçining onasi, öqituvçi va maktab masʼullarining izohlari tinglandi. Komissiya masʼullari voyaga yetmaganlarning taʼlim-tarbiyasida ularning ota-onalarining örni va maʼsuliyati töğrisida tuşunçalar berib ötdi.
Şundan söng, ota-onalarga voyaga yetmaganlarning taʼlim-tarbiyasida yöl qöygan kamçiliklariga nisbatan maʼmuriy çora qöllanilişi maʼlum qilindi.
Yiğilişda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
J. Xolmurodov, Voyaga yetmaganlar işlari böyiça
Amudaryo tumani idoralararo komissiya masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶