Yuristlar malakasini oshirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tashkil etildi
Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, bozor iqtisodiyoti qonunlari huquqiy asoslarini yaratish, investitsiyaviy muhitni shakllantirish va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash hamda uni ishonchli himoya qilish zamonaviy fikrlaydigan va mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladigan bilimli yuridik soha vakillariga ham bogʻliq.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuqori malakali yurist kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlar asosida huquqshunoslarning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilashni taqozo etadi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentyabrda «Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorining qabul qilinishi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Hukumatning ushbu Qaroriga asosan Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tashkil etildi.
Filial oʻz faoliyatini davlat xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat xokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, notarial idoralar, FHDYo va avdokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan birga oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Filialda mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari, tashkilotlar kadrlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ehtiyojlari oʻrganiladi. Oʻquv kurslariga jalb qilish, oʻqitishning ilgʻor usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabilar esa filial faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Sh.ATANIYaZOVA,
Yuristlar malakasini oshirish markazi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶