“BOBUR – ShOH VA ShOIR” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
13-fevral kuni 75-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Z.M.Bobur tavalludiga bagʻishlab “Bobur – shoh va shoir” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabning “Yosh ijodkorlar” toʻgaragi aʼzolari va adabiyotga qiziqadigan oʻquvchilar faol qatnashdilar. Shu maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Shahnoza Matmurodova tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirni maktabning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Asqar Matmurodov ochib berdi va ulugʻ bobokalonimizning tavallud ayyomi bilan barchani tabrikladi.
Tadbirni oʻquvchilar Bobur ijodidan namunalar, gʻazallar, ruboiylar aytib davom ettirdilar. Shuningdek, maktabning 8-sinf oʻquvchilari ijrosidagi sahna koʻrinishlari barchaga juda manzur boʻldi.
Tadbir davomida Bobur ijodi boʻyicha bellashuv ham tashkil qilindi. Unda 4 nafar oʻquvchi-qizlar oʻz insholari, referatlari, bobokalonga atab yozgan sheʼrlari bilan berilgan savollarga javob berib, faol ishtirok etdi. Gʻolib oʻquvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Bobur hayoti bilan tanishtirish maqsadida monitorda tadbir ishtirokchilariga video ham namoyish etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
M. Xalillayeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶