YoSh TADBIRKORLARGA SERTIFIKAT TOPShIRILDI
Mamlakatimizda yoshlarning manfaatlari, huquqlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarlarga, tadbirkorlikka oʻqitish va olgan bilimlari asosida foydali mehnat faoliyatiga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 11-fevralida tuman hokimligi majlislar zalida “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarga tadbirkorlik asoslari boʻyicha 48 soatlik oʻquv kursini bitirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari M.Temirboyev, M.Shermetov, tuman prokurorining katta yordamchisi, 1 darajali yurist A.Botirov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi J.Davletovlar shuningdek, tijorat banklari tuman filiallari boshqaruvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda 48 soatlik oʻquv kursida oʻqib, tadbirkorlik asoslarini puxta oʻrganishga muvaffaq boʻlgan Doniyor Toʻrayev, Shohruh Abdikarimov, Zafar Tangirberganov, Jahongir Boltaboyev, Alijon Zorliqovlarga maxsus sertifikat tantanali suratda topshirildi.
Yosh tadbirkorlar olgan bilimlari tufayli oʻz faoliyatlarini tashkil etib, yurtimiz ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshishga soʻz berdilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶