19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:44
Jamiyat 👁 313

HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI OʻZARO MULOQOT TARZIDA BOʻLIB OʻTDI

HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI OʻZARO MULOQOT TARZIDA BOʻLIB OʻTDI

Mamlakat taraqqiyoti, jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi shu davlat tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtiborga bogʻliq. Shunga koʻra Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylantirildi.

Shu kunlarda mamlakatimiz Prezidentining oʻtgan yilgi yoshlar forumida ishtirok etib, yoshlarning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun imkoniyat yaratish, talab va istaklarini oʻrganish, ularga koʻmak berish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda. Respublikamizning barcha hududlarida ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib, muammolari, taklif va istaklari oʻrganilmoqda.

Yoshlar hayoti bilan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish va bartaraf etilishiga koʻmaklashish, Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar forumi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tumandagi 82-sonli maktabda tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi tashkillashtirildi. Uchrashuvda sektorlar masʼullari, Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tumandagi korxona-tashkilotlar rahbar va masʼul xodimlari hamda tuman yoshlari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ushbu uchrashuvda dastlab mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi. Undan tashqari, “Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki, biz xato va kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmogʻimiz kerak!” - degan fikrni hayotiy shior qilib olish kerakligini taʼkidladi. Katta yutuqlarni qoʻlga kiritib, tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan, bilimga chanqoq, izlanuvchan tumanimiz yoshlari haqida ham oʻzining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuvda yoshlarning taklif va istaklarini oʻrganish, muammolarini hal etishga koʻmaklashish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar, uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish va ish bilan taʼminlash, yoshlarni madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari toʻgaraklari hamda sport va harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish,  ishsiz yoshlarning bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amaliyotga joriy etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shundan soʻng, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yoshlar bilan ochiq muloqotga kirishdi va tuman yoshlari oʻzlarining savollari, takliflar hamda muammolari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Yoshlar asosan bandlikni taʼminlash, tadbirkorlik bilan shugʻullanishda koʻmak berish, kasb-hunarga oʻqitish va boshqa masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Uchrashuv davomida tuman hokimiga yoshlardan 9 nafari oʻzlarini qiynayotgan muammolarni hal etishda koʻmak soʻrab, murojaat qildi. Ushbu murojaatlarning 4 tasiga tushuntirish va tavsiyalar berilib, joyida qanoatlantirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlarni oʻrganib, hal etish yuzasidan tuman hokimi soha mutasaddilariga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga atroflicha, batafsil javoblar berilib, amaliy va ijobiy natijalar koʻrilishi boʻyicha rejalar tuzildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026