“IJTIMOIY HIMOYa YaGONA REYeSTRI” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILIŞI BORASIDAGI ÇORA-TADBIRLAR MUHOKAMA QILINDI
12-yanvar kuni tuman hokimligida bu boradagi saʼi-harakatlar izçilligini nazorat qiliş va samaradorligini yanada oşiriş maqsadida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova ham iştirok etdi. Şuningdek, yiğilişda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev hamda tegişli korxona-taşkilotlar rahbar va masʼul xodimlari, fuqarolar yiğinlari rais va örinbosarlari qatnaşişdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi boşqa viloyatlarda ötgan oylar davomida boçqiçma-bosqiç işga tuşirila boşlangani, dekabr oyidan Qoraqalpoğiston Respublikasida ham joriy etilayotgani, tayyorgarlik işlari tizimli ravişda olib borilgani haqida söz yuritdi. Şuningdek, mazkur tizim ehtiyojmand fuqarolar tomonidan murojaat qiliş jarayonini osonlaştirişini, şu paytga qadar bu jarayon uçun qoğoz şaklida 10 dan ortiq turli xil hujjatlar va guvohnomalarni talab qilinganligini aytib ötdi. Bu borada masʼul idoralar tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar, belgilangan çora-tadbirlar töğrisida gapirib, bu jarayondagi kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça körsatmalar berdi.
Taʼkidlanganidek, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga tegişli bölib, «Elektron hukumat» tizimining tarkibiy qismidir. Endilikda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordam taqdim etişda fuqarolardan 10 dan ortiq hujjat va maʼlumotnoma talab etilişiga yöl qöyilmaydi. Şu bilan birga, ular ijtimoiy yordamning 7 turidan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.
Bundan taşqari, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan şaxslar yoki oilalar qöşimça hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan Davlat maktabgaça taʼlim muassasalarida ota-onalar tölovidan ozod etiş, maktabgaça taʼlim muassasalarida örnatilgan miqdorlarda ota-onalar tölovini tölaş, umumiy örta taʼlim maktablarida darsliklar ijara tölovlaridan ozod etiş, umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari uçun qişki kiyim-boş beriş, ayrim fanlarni öqitişga ixtisoslaştirilgan umumiy örta maktablar öquvçilarini ovqatlaniş xarajatlaridan ozod etiş kabi xizmatlar va imtiyozlarni ham olişga haqlidir.
Yiğilişda yangi tizim orqali elektron maʼlumot almaşuvi, davlat tomonidan aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatişning onlayn dastur asosidagi şaffof va odilona tizimi yaratilganligi taʼkidlandi. Şuningdek, Yagona reyestr – boşlanğiç bosqiçda ijtimoiy nafaqalarni tayinlaş uçun inson omilisiz, oilaning muhtojligini özi aniqlaydigan, nafaqalarni tayinlab, tölovlarni amalga oşiradigan va nazorat qiladigan, xarajatlar hisobini yuritadigan avtomatlaşgan axborot tizimi ekanligini keng tuşuntiriş maqsadida aholi örtasida tarğibot tadbirlarini yanada köproq ötkaziş böyiça vazifalar topşirildi. Tumandagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga uşbu yangi tizim orqali qulay şaklda yordam körsatilişini taʼminlaş uçun bor imkoniyatni işga soliş lozimligi töğrisida söz yuritildi va tegişli vazifalar, çora-tadbirlar belgilab olindi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶