15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 04:26
Fan va taʼlim 👁 191

Murojaatnomadan ruhlanib...

Murojaatnomadan ruhlanib...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – 2017-yildan buyon xalqimiz tomonidan mamlakatimizning siyosiy hayotidagi eng muhim voqea sifatida har yili intiqlik bilan kutiladi. Chunki unda dastlab tugallanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar, asosiy koʻrsatkichlar hamda boshlanayotgan yangi yilga moʻljallangan maqsad va vazifalar belgilab beriladi.

Davlatimiz rahbari oldimizdagi ustuvor vazifalar bilan birga, 2021-yilni – “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlashni taklif qilishi butun dunyo uchun murakkab vaziyatni yuzaga keltirgan pandemiyadan keyin, oʻylaymanki, barchani birdek ruhlantirdi, har bir inson qalbida ertangi kunga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamladi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Ayniqsa, yurtimiz, xalqimiz kelajagi boʻlgan yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, iqtidorli yoshlarimizning oʻzini namoyon qila olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, shu bilan birga, oʻqituvchilar mavqei, turmush darajasini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratib berish orqali oʻqituvchilik kasbini eng nufuzli, obroʻli kasb darajasiga olib chiqish asosiy maqsad qilib belgilandi. Darhaqiqat, muallimlar ulugʻlangan yurtda taʼlim-tarbiya yuksaladi va bu orqali yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor qoʻyiladi. Oʻqituvchining bolalarga sifatli taʼlim berishi va oʻz ustida ishlashi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarurligi, shu boisdan, oʻqituvchi-murabbiy va taʼlim-tarbiya uslubchilari mehnatiga munosib haq toʻlash boʻyicha boshlangan ishlar bu yil ham davom ettirilishi taʼkidlandi. Buning uchun esa xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalariga 330 mlrd. soʻm, 240 mingdan ziyod oʻqituvchilarga sinf rahbarligi uchun ustama toʻlovlar 1,5 barobarga oshirilib, byudjetdan 400 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi belgilandi. Bularning barchasi jamiyatda oʻqituvchi kasbi eng nufuzli va obroʻli kasb sifatida eʼzozlanishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, taʼlim sohasida yagona “elektron taʼlim” tizimini joriy etish maqsadlari uchun kelgusi 2-yil davomida 250 mlrd. soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi va bu xalq taʼlimi sohasini yuksaltirish borasidagi juda katta qadamdir.

Bundan tashqari, bugungi kunda bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun sermazmun hamda tushunarli darsliklarga ehtiyoj katta. Bu borada kelgusi oʻquv yilida boshlangʻich sinflarda davlat taʼlim standarti oʻrniga, ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy oʻquv dasturi” joriy etilishi taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi yana bir jiddiy qadam boʻlishi tabiiy.

Rahmatulla Matqurbonov,

tuman XTB mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026